Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Fiqh >Qayta nikohda vakolat yangilanmasa, nikoh botil bo‘ladimi?

Qayta nikohda vakolat yangilanmasa, nikoh botil bo‘ladimi?

Nashr sanasi: July 8, 2025

Savol :

Ustoz, o‘tgan safar sizga bergan savolimda, men nikohlanayotganimda valiyim vakolatni imomga bergan edi va shu tarzda nikoh o‘qilgan. Keyinchalik, hilvati sahiha (ya’ni er-xotin yolg‘iz qolmagan) bo‘lmasdan ajrim bo‘ldi. Qayta nikoh o‘qilganda valiyim yana takroran vakolatni imomga berishi kerakmi, deb so‘ragandim — siz “ha” deb javob bergansiz.

Ammo qayta nikoh vaqtida valiyim “vakolat berdim” demagan edi. Imom esa nikoh paytida “o‘sha vakolat berilgan qizni sizga berdim” deb nikohni o‘qigan.

Biz qariyb ikki yildan beri yashayapmiz, farzandimiz ham bor. Endi esa “nikohimiz botil bo‘lib, zinokor bo‘lib yashayapmizmi?” deb qo‘rqib ketdim. Ayniqsa, savolimga “ha” deb javob berganingizdan keyin o‘zimni juda yomon his qilyapman.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Yo‘q, bu holatni zino deb bo‘lmaydi. Agar siz o‘zingiz nikohda qatnashgan bo‘lsangiz, valiy vakolat bermagan taqdirda ham, Hanafi mazhabiga ko‘ra nikoh sahih hisoblanadi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Yo‘q, sizlar ikki yildan beri yashayotgan bo‘lsangiz, bu holatni zino deb bo‘lmaydi. Aslida, agar siz o‘zingiz nikohda qatnashgan bo‘lsangiz, valiy vakolat bermagan taqdirda ham Hanafi mazhabiga ko‘ra nikoh sahih bo‘ladi.

Hanafi mazhabida bu masalada aniq dalillar bor va bu mazhab mo‘tabar hisoblanadi. Bugungi kunda bizning yurtdoshlarimizning aksariyati ham nikohni ana shu mazhab asosida ado etishadi.

Shu sababli, “zino qilyapmiz” deb qo‘rqmang. Sizlarning nikohingiz Hanafi mazhabi bo‘yicha sahih bo‘lgan. Albatta, avvaldan vakolatni to‘g‘ri berish eng afzal yo‘l bo‘lardi, ammo bo‘lib o‘tgan holatga binoan, yashayotgan oilaviy hayotingizni sahih va halol deb hisoblash mumkin.

Shu bois ko‘nglingizni siqib, ortiqcha vahimaga tushmang.
Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Uylana olmayotganim sababi sehr qilingan bo‘lishim mumkinmi?

    February 13, 2026
  • Yosh bolani unashtirish nikoh hukmiga o‘tadimi?

    February 7, 2026
  • Inson a’zolarini ko‘chirish hukmi.

    January 31, 2026
  • O‘zi taloq so‘ragan ayol mahrni ham talab qilishga haqlimi?

    January 28, 2026
  • Yolg‘onchi va qasamxo‘r er bilan yashash haqida.

    January 26, 2026
  • Nikohdan avval alohida yashash sharti bilan tekkan ayolning savoli.

    January 16, 2026