Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Ayol eriga aytmay shaxsiy puliga biznes qilishi mumkinmi?

Ayol eriga aytmay shaxsiy puliga biznes qilishi mumkinmi?

Nashr sanasi: July 8, 2025

Savol :

Ustoz, qo‘limda o‘zimning shaxsiy pulim bor. Shu pulimdan erimga aytmasdan turib ayollarga xos ko‘ylak yoki taqinchoqlar onlayn savdosiga o‘xshash biznes boshlasam bo‘ladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Pul sizniki bo‘lsa ham, bunday ishni boshlashdan oldin eringizdan ruxsat olish ma’qul. Chunki bu ish vaqt, e’tibor va kuchingizni talab qiladi — bu esa oilaviy majburiyatlarga ta’sir qilishi mumkin.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Pul sizniki bo‘lsa ham, bu ishni boshlashdan oldin eringizdan ruxsat olganingiz ma’qul. Chunki bu faqat moliyaviy masala emas — bu ishga vaqtingiz, kuchingiz, e’tiboringiz ketadi. Natijada eringizga, farzandlaringizga, uy ishlari va oilaviy mas’uliyatlarga lozim bo‘lgan vaqt va kuch kamayishi mumkin.

Shariatda ayol eriga itoatli bo‘lishi, u bilan maslahatlashib ish tutishi kerak. Pul sizniki bo‘lsa ham, oilaviy hayotga ta’sir qiladigan har qanday ishda er bilan kelishilgan holda harakat qilish lozim.

Shuning uchun, bu biznesni boshlashdan avval eringiz bilan maslahat qiling, uning roziligini oling — bu baraka va totuvlikka sabab bo‘ladi.

Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Men ilm olmoqchiman, ota-onam esa uylantirmoqchi. Maslahat bering.

    June 3, 2026
  • Tovarga asl narxidan balandroq narx qo‘yib, keyin arzonlatib asl narxiga sotish joizmi?

    May 25, 2026
  • Ziyofat o‘tirishlar va silai rahm tushunchasi.

    May 19, 2026
  • Sug‘urta kompaniyasi foiz olishi mumkin bo‘lgan holatga oid savol.

    May 19, 2026
  • Dropshopping biznes modeli halolmi?

    May 12, 2026
  • Qanday ilmga amal qilish farz?

    May 5, 2026