Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Mayitni eski qabrga qo’yish uchun qabr ochilganda undan topilgan tilla tishni qabrni ochganlar bo’lib olishi to’g’rimi?

Mayitni eski qabrga qo’yish uchun qabr ochilganda undan topilgan tilla tishni qabrni ochganlar bo’lib olishi to’g’rimi?

Nashr sanasi: June 11, 2025

Savol :

Yaqinda ammam vafot etdi. Mayitni dadamning qabri yoniga qo‘yishdi. Dadamning tishlarida tilla bo‘lgan. Qabrni ochishganda qarindoshlarimiz bu tishlarni olib, o‘zlariga bo’lib olishibdi.
Men: “Nega bunday qildinglar?” — desam, “Qori akadan so‘radik, qabrdan topilgan narsa uni ochgan odamniki bo‘lar ekan”, deyishdi. Shu ish to‘g‘rimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bu holatda qabrdan topilgan tilla tish merosxo‘rlariga berilishi va shariatga muvofiq ular o‘rtasida taqsimlanishi kerak.

Yo‘q, bu noto‘g‘ri javob. Qabrdan topilgan narsa, agar u marhumga tegishli tilla bo‘lsa, albatta uning merosxo‘rlariga o‘tadi. Necha yil o‘tgan bo‘lishidan qat’i nazar, bu — aniq masala. Unda hech qanday shubha yo‘q.
Qabrdan topilgan narsani “topib oldik” deb egallash mumkin emas.

Bizning jamiyatda “qabrdan topilgan narsa uniki bo‘ladi” degan noto‘g‘ri gaplar yuradi. Xuddi shuningdek, “kitob o‘g‘risi bo‘lmaydi”, “qabr o‘g‘rligi savob” degan fikrlar ham mavjud. Bu darajada johil va avom (bilimsiz) odamlar o‘zlaricha savob umidida o‘g‘irlik qilishadi. Aslida esa, bu o‘g‘irlik bo‘lib, har qanday savobdan yiroqdir.

Shariatda mulk — ya’ni odamning mol-mulki, jumladan uning tishi (tilla tishi) ham — uning mulki hisoblanadi.
Agar odamning qabrida bo‘lgan tish (masalan, tilla tishi) topilsa, u albatta olinib, merosxo‘rlariga berilishi va shariatga muvofiq ular o‘rtasida taqsimlanishi kerak.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ayoli kunduzi uxlashini yoqtirmaydigan erkakning savoli.

    July 20, 2025
  • Ayol kishi erining aka-ukalariga aralashishi va eriga aql o‘rgatishi.

    July 20, 2025
  • To‘rtinchi farzand uchun eko qildirish joizmi?

    July 20, 2025
  • Boshiga urib o‘ldirilgan baliqni yesa bo‘ladimi?

    July 20, 2025
  • Ayol kishi odam gavjum joylarda niqob taqib, boshqa payt niqobsiz yursa bo‘ladimi?

    July 19, 2025
  • Yaqinlarga berilgan narsani albatta qaytarish shartmi?

    July 19, 2025