Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Voyaga yetib qolgan qizlarni o’g’il bolalar bilan bitta partada o’tirib bilim olishi to’g’rimi?

Voyaga yetib qolgan qizlarni o’g’il bolalar bilan bitta partada o’tirib bilim olishi to’g’rimi?

Nashr sanasi: June 11, 2025

Savol :

Ustoz, balog‘atga yetmagan 11 yoshli qizim bor. Bu yil oltinchi sinfga borishi kerak edi, lekin turmush o‘rtog‘im “maktabda o‘qitmayman” deyapti. Sababi — sinfdagi o‘qituvchilar va o‘quvchilarning aksariyati o‘g‘il bolalar, hamda bitta partada uch o‘quvchi o‘tirishiga to‘g‘ri keladi. Men esa qizimning savodsiz, saviyasi past bo‘lib qolishidan va kelajakda farzandlariga biror narsa o‘rgata olmasligidan xavotirdaman.
Hech bo‘lmasa, qizimizni boshqa maktabga o‘tkazsak yaxshimi, yoki butunlay o‘qitmay qo‘ya qolganimiz afzalmi? Bizning tomonda faqat qizlar maktabi yo‘q. Ammo qizim madrasada ham o‘qiydi, hozir bir porani tugatdi. Iltimos, maslahat bering.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Voyaga yetib qolgan qizlarni o’g’il bolalar bilan bitta partada o’tirib bilim olishi – bu noto‘g‘ri. Bu holat shariatga xilof hisoblanadi. Ilm olishni onlayn tarzda yoki masofadan ta’lim olish shaklida o’rganish mumkin.

Bismillah, alhamdulillah, vassolatu vassalamu ‘ala Rasulillah, amma ba’d.

Endi, oltinchi sinfda o‘qiydigan qiz, bu — 12-13 yoshga kirgan bo‘ladi. Bu yoshdagi qiz allaqachon voyaga yetib qolgan hisoblanadi. Uning o‘g‘il bolalar bilan bitta partada, hatto uchtalab bitta partada o‘tirishi — bu noto‘g‘ri. Bu holat shariatga xilof bo‘lgani uchun “boraversin, ilm o‘rgansin” deb aytolmaymiz.

Lekin, savodsiz ham bo‘lmasin — ilm olish kerak. Faqat bu ilmni maktabga borib emas, balki onlayn tarzda yoki masofadan ta’lim shaklida o‘rganish mumkin. Imtihonlarga tayyorlanib, uyda shug‘ullanish yo‘lini ko‘rib chiqsa bo‘ladi.

Har qanday holatda ham bolaga ta’lim berish — farz. Biroq ta’lim bahonasida o‘g‘il-qizlarni aralashtirib yuborish — bu halol emas. Ta’lim bering, albatta bering, lekin eringizning “o‘g‘il bolalarga qo‘shmaymiz” degan gaplari to‘g‘ri.

Shu bilan birga, ilm olishning ham to‘g‘ri yo‘lini topish va uni amalga oshirish kerak.
Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Telefon nasiya savdosi bilan shug‘ullanadigan kishining savoli.

    September 2, 2026
  • Hisob raqamdagi pulni firma orqali naqd qilishga oid savol.

    September 1, 2026
  • Spirtli ichimliklar bor uyda yashash va namoz o‘qish.

    August 31, 2026
  • Erkaklarga qaynana va qaynatalari borasida nasihat qiling.

    August 11, 2026
  • Mariya deb ism qo‘yish joizmi?

    August 11, 2026
  • “Kasallikdan tuzalsam, har kuni bir varaqdan Qur’on o‘qiyman”, deb nazr qilgan kishining savoli.

    August 11, 2026