Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Nikoh >Er ikkinchi oilasi oldiga ikki-uch yilda bir kelib, bir hafta turib, yana qaytib ketsa bu adolatli munosabat bo’ladimi?

Er ikkinchi oilasi oldiga ikki-uch yilda bir kelib, bir hafta turib, yana qaytib ketsa bu adolatli munosabat bo’ladimi?

Nashr sanasi: May 28, 2025

Savol :

Ustoz, dugonam ikkinchi ayol bo‘lib turmushga chiqqan. Eri boshqa ayoli (kundoshi) bilan chet elda yashaydi. Dugonam esa yolg‘iz o‘zi farzandlari bilan yashamoqda. Eri ikki-uch yilda bir keladi, bir hafta turib, yana qaytib ketadi.

Moddiy jihatdan ta’minlab qo‘ygan, lekin dugonam ajrashaman desa, talog‘ini bermayapti. Eng achinarlisi, dugonam nikoh o‘qilganida “haqqimdan kechdim” degan ekan. Avvalgi eridan uch farzandi bor. U qanday yo‘l tutsa bo‘ladi? Iltimos, maslahat bering.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar ayol, “adolatli munosabatni talab qilaman” desa, bu uning to‘la haqqidir. Agar xotin o‘zi rozilik bildirsa, bu boshqa masala. Lekin agar u rozilik bildirmasa va o‘z haq-huquqini talab qilsa, erkak xohlasa ham, xohlamasa ham bu mas’uliyatni zimmasiga olishi shart. Aks holda u zolim bo‘ladi. Chunki bu ishlar erning istagiga bog‘liq emas. Bu — shariat belgilagan adolat mezoni.

Bismillah, alhamdulillah, vassalatu vassalamu ‘ala Rasulillah, amma ba’d.

Bu savol avvalgi ikki savolga ham javob bo‘la oladi. Endi qo‘shimcha qilib aytamizki, ayol kishi “haqqimdan kechdim” desa, bu “o‘lguncha shu holatda yashaydi” degani emas. U vaqtinchalik kechgan bo‘lishi mumkin.

Agar ayol “bugundan boshlab haqqimdan kechmayman, adolatli munosabatni talab qilaman” desa, bu uning to‘la haqqidir. Erkak esa bu holatda adolatni ta’minlashi yoki taloq berishi shart. Uchinchi yo‘l yo‘q. Uchinchi yo‘l — zulmdir.

Agar xotin o‘zi rozilik bildirsa, bu boshqa masala. Lekin agar u rozilik bildirmasa va o‘z haq-huquqini talab qilsa, erkak xohlasa ham, xohlamasa ham bu mas’uliyatni zimmasiga olishi shart. Aks holda u zolim bo‘ladi. Chunki bu ishlar erning istagiga bog‘liq emas. Bu — shariat belgilagan adolat mezoni.

Masalan, peshin namozi to‘rt rakat farz bo‘lsa, kayfiyatga qarab olti rakat yoki ikki rakat o‘qib qo‘yish mumkin emas. Bu — kayfiyatga bog‘liq narsa emas. Xuddi shuningdek, er-xotin o‘rtasidagi adolat ham hissiyot bilan emas, shar’iy mezonlar bilan o‘lchanadi.

Agar inson zulm qilsa, bu dunyoda hech kim uni jazolamasligi mumkin, lekin qiyomat kuni javob beradi. O‘sha ayol qiyomatda sizning yoqangizdan oladi. O‘zingizni shunday holatda Alloh huzurida sharmanda bo‘lgan holda tasavvur qiling. Istaysizmi buni?

Agar istamasangiz, nima uchun shunday yurishni davom ettiryapsiz? Bu sunnat degan nom ostida zulm qilish emas. Ayol ikki yilda bir hafta keladigan erdan qanday naf ko‘radi? “Boqyapman-ku” deb uzr qilish ham to‘g‘ri emas. Boqmasangiz, ochdan o‘ladimi? Yo‘q, ularning rizqi Allohdan.

Kimdir bevaning bolasini boqayotgan bo‘lsa, bu bilan faxrlanmasin. Agar Alloh uchun qilgan bo‘lsa, unga ajr yoziladi. Sizsiz ham ular yashab kelgan, sizdan keyin ham yashaydi. Shuning uchun Allohdan qo‘rqib ish tuting.

Agar ayol sabr qilib yashay olsa — yashasin. Ammo agar “yashay olmayman, haqqimni talab qilaman” desa — bu uning haqqi. Kimdir “u avval haqqidan kechgan-ku” desa, bu faqat o‘sha vaqtgacha kechilgan bo‘ladi. Endi esa kechmayman desa, bu ham shar’an haqli.

Shuning uchun er kishi — yo adolat qiladi, yo taloq beradi. Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Nikoh paytida oila qurayotganlarni tanimaydigan kishilarning guvohligi o‘tadimi?

    June 4, 2025
  • Xulu‘ orqali ajrashgan ayol eriga qayta turmushga chiqishi joizmi?

    June 4, 2025
  • Qaynota kelinga mahrammi? Uning oldida ro‘molsiz yurish va yolg‘iz qolish mumkinmi?

    June 3, 2025
  • O‘gay qiz erga mahram bo‘ladimi?

    June 3, 2025
  • Ayol kishi erining ruxsatisiz ishlashi joizmi?

    June 3, 2025
  • Ayolning “Mahringizni qaytarib oling” degan so‘zi xulu’ sanaladimi? Ajrimdan keyin er uyida yashash joizmi?

    June 2, 2025