Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Idda haqida ma’lumotlar

Idda haqida ma’lumotlar

Nashr sanasi: May 28, 2025

Savol :

Ayollar iddada qanday o’tiradi?

Ba’zi masalalarda ayol kishi idda davrida hattoki yuziga yaltiraydigan kremlar surtishi yoki ko’ziga qalam qo’yishi ham mumkin emas deb aytilgan.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Iddadagi ayol kechasi uydan tashqarida qolmaydi va ziynat buyumlaridan foydalanmaydi, sayohat qilish, shunchaki aylanish yoki boshqa joylarga borib qolish mumkin emas. Iddadagi ayol ehtiyotsizlik bilan ko‘chaga chiqmaydi.

Bismillah, alhamdulillah, vassalatu vassalamu ‘ala Rasulillah. Amma ba’d:

Agar bu idda uch taloq bilan ajrashgan ayolga tegishli bo‘lsa yoki eri vafot etgan ayollar bo‘lsa, hukmlar quyidagicha bo‘ladi:

Eri vafot etgan ayol to‘rt oy o‘n kun idda o’tiradi.

Uch taloq bilan ajrashgan ayol esa uch hayz ko‘rguncha (agar hayz ko‘rsa), yoki hayz ko‘rmasa – uch oy, homilador bo‘lsa – homilasini tug‘ilgunga qadar idda o’tiradi.

Idda davrida ayol kishiga quyidagilar mumkin emas:

Atr va ziynat buyumlaridan foydalanish.

Safarga chiqish.

Kechasi uydan tashqarida tunash.

Behojat uydan chiqish.

Agar zarurat bo‘lsa, masalan, shifokorga borish, bozorga chiqish, yoki boshqa muhim ehtiyojlar uchun uydan chiqish joiz bo‘ladi. Shuningdek:

Agar ayol uyda siqilib qolsa, toza havo olish uchun kunduzi tashqariga chiqib aylanishi mumkin.

Ishlab tirikchilik qilayotgan bo‘lsa, ishga borib kelishiga ham ruxsat etiladi.

Biroq, sayohat qilish, shunchaki aylanish yoki boshqa joylarga borib qolish mumkin emas. Iddadagi ayol ehtiyotsizlik bilan ko‘chaga chiqmaydi.

Kechasi uydan tashqarida qolmaydi va ziynat buyumlaridan foydalanmaydi. Eri vafot etgan ayollar to‘rt oy o‘n kun, uch taloq bilan ajrashgan ayollar esa uch hayz (yoki hayz ko‘rmaydigan bo‘lsa – uch oy, homilador bo‘lsa – tug‘ilguncha) idda o’tiradi. Bu davrda yuqoridagi shariat hukmlariga rioya qilinishi lozim.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Iddadagi ayol boshqa yurtga safar qilib, o‘sha yerda idda o‘tirsa bo‘ladimi?

    June 13, 2026
  • Murtad singilga yordam bersa bo‘ladimi?

    June 13, 2026
  • Mutaassiblikning zararlari haqida.

    June 12, 2026
  • Men ilm olmoqchiman, ota-onam esa uylantirmoqchi. Maslahat bering.

    June 3, 2026
  • Tovarga asl narxidan balandroq narx qo‘yib, keyin arzonlatib asl narxiga sotish joizmi?

    May 25, 2026
  • Ziyofat o‘tirishlar va silai rahm tushunchasi.

    May 19, 2026