Bir aka-uka o‘zaro boja bo‘lishgan, opa-singilga uylanishgan. Akaning 3 ta o‘g‘li, ukaning 3 ta qizi bor. Keyinroq opa-singil yana farzand ko‘rishgan. Bir-birlarining kichik farzandlarini opa-singil emizib, emikdosh qilishgan. Aka katta o‘g‘lini ukasining katta qiziga uylantirmoqchi. Turmush qurmoqchi bo‘lgan yigit bilan qiz ham amakivachcha, ham xolavachcha, ham emikdosh ukalarining aka va opasi. Shunda bularning nikohi durust bo‘laveradimi?
Aka-ukalarning farzandlari turmush qurmoqchi. Ularning ukalari o‘zaro emikdosh. Uylanmoqchi bo‘lgan o‘g‘il va qiz o‘zaro emmagan. Shunday holatda nikoh joizmi?
Savol :
Javob :
Qisqacha javob; Agar yigit ham, qiz ham bir-birlarining onasini emmagan bo‘lsa, ular o‘rtasida emikdoshlik yo‘q. Ukalarining emikdosh bo‘lishi bu nikohga ta’sir qilmaydi. Shuning uchun bu nikoh shar’an joiz. Vallohu a’lam.
Maqola foydali bo’ldimi?
0