Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Tahorat >G‘usl paytida badanidan tomgan suv idishdagi suvga tushsa, bu suv tahoratga yaroqsiz bo‘ladimi?

G‘usl paytida badanidan tomgan suv idishdagi suvga tushsa, bu suv tahoratga yaroqsiz bo‘ladimi?

Nashr sanasi: May 7, 2025

Savol :

Domla, g‘usl qilayotganda badanimdan ajralgan toza suv tomchilari idishdagi suvga tushsa, bu suv g‘usl va tahorat uchun yaroqsiz bo‘lib qoladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Yo‘q, bunday suv yaroqsiz bo‘lib qolmaydi. U tahorat yoki g‘usl uchun ishlatib bo‘lmaydigan «musta‘mal suv» (ya’ni ishlatilgan suv) hukmiga ham o‘tmaydi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Yo‘q, bunday suv yaroqsiz bo‘lib qolmaydi. U tahorat yoki g‘usl uchun ishlatib bo‘lmaydigan «musta‘mal suv» (ya’ni ishlatilgan suv) hukmiga ham o‘tmaydi.

Ba’zi kishilar bu borada haddan oshib ketgan. Ular: «Badandan tomgan suv idishga tushsa, o‘sha suv najosatga aylanadi», deb noto‘g‘ri xulosa chiqarishadi. Holbuki, bu gaplar asossiz.

Rasululloh ﷺning sunnatlariga qaraydigan bo‘lsak, u zot g‘uslni tog‘oradagi suvdan olib qilganlar. Tabiiyki, bu jarayonda suv sachraydi — bundan qochib bo‘lmaydi. Hatto ayrim hollarda onalarimiz bilan birgalikda bitta idishdan suv olib, g‘usl qilganlar.

G‘uslni qo‘l bilan suv olib bajarishgan. Bu holda ham suv badanga tegadi, so‘ng suv yana idishga tomishi tabiiy hol. Rasululloh ﷺ buni qilishgan — demak, bu ishda hech qanday haromlik yoki najosat yo‘q.

Shuning uchun kimdir «bu suv sachradi, endi najosat bo‘ldi» desa, u o‘zini ortiqcha poklik talab qilayotgan odamdek ko‘rsatadi, ammo aslida sunnatga zid ish qilgan bo‘ladi.

Bir narsaning najas yoki pok (tohir) bo‘lishi — shariat hukmiga bog‘liqdir. Shariat bir narsani najas desa — u najas. Pok desa — u pok.

Misol uchun: o‘rgatilgan ovchi kuchukni «Bismillah» deb yuborsangiz va u quyonni tishlab olib kelsa — shariat uni halolqiladi. Lekin o‘rgatilmagan kuchuk xuddi shu ishni qilsa, olib kelgan narsasi harom va najas bo‘ladi. Nima sabab? — Shariat hukm qilgani uchun.

Suv masalasi, kiyimdagi najosat masalasi — barchasi shariat hukmiga bog‘liq. Shariat halol va tohir degan narsani biz ham tohir deymiz.

Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Mahsiga mash tortish uchun tahorat bo‘lishi kerakmi? Va uning shartlari qanday?

    June 4, 2025
  • Yuvsa ham ketmagan qo’ldagi germetik tahoratning mukammalligiga to‘siq bo’ladimi?

    May 23, 2025
  • Ko‘rpacha va yostiqning changi bilan tayammum qilish joizmi?

    May 22, 2025
  • Mahsiga mash tortishda har bir mahsi uchun alohida suv olish kerakmi?

    May 15, 2025
  • Erkak kishining tik turib hojat chiqarishi shar’an joizmi?

    May 15, 2025
  • Tahorati tez buziladigan kishi Ka’bani qanday tavof qiladi?

    May 14, 2025