Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Hadis >Rajab oyida umra qilish.

Rajab oyida umra qilish.

Nashr sanasi: January 5, 2025

Savol :

Rajab oyida umra qilishning alohida fazilati bormi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Javobning qisqacha mazmuni: Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vassallamdan Rajab oyida umra qilishning alohida fazilati borligi yoki rag‘batlantirilishi haqida hech qanday xabar yo‘q.

Bismillah,

Alloh ta’ologa hamdlar, undan keyin payg’ambar bo’lmaydigan payg’ambarga, uning oilasi, sahobalari va to qiyomatgacha ularga yaxshilikda ergashganlarga salavot va salomlar bo’lsin.

Rajab oyida umra qilish haqida hadis kelganmi?

Bizga maʼlum boʻlishicha, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vassallamdan Rajab oyida umra qilishning alohida fazilati borligi yoki ragʻbatlantirilishi haqida hech qanday xabar yoʻq. Balki, Ramazon oyi va Haj oylarida, ya’ni Shavvol, Zulqa’da va Zulhijjada umra qilishning alohida fazilati borligi isbotlangan.

Payg’ambar sollallohu alayhi vassallamning Rajab oyida umra qilganliklarini isbotlovchi hech qanday xabar yo’q, aksincha, buni Oisha (r.a.) rad etganlar va ular aytdilarki: “Rosululloh (sollallohu alayhi vassallam) Rajab oyida umra qilmaganlar. (Buxoriy rivoyati, 1776; Muslim, 1255).

Rajab oyini umra uchun ajratish joizmi?

Dinga kiritilgan narsalardan bo’lgan odamlarning qiladigan ishlaridan biri bu, umra uchun Rajab oyini ajratib ko’rsatishdir. Aslida shariatda belgilanmagan bo’lsa, hech kim ibodat qilish uchun aniq vaqt ajratmasligi kerak.

Navaviy rahimahullohning shogirdi Ibn al-Attor aytadi:

Makka ahli haqida eshitganim shuki, ular Rajab oyida umra ziyoratini ko‘p ado etishga odatlanganlar. Bu asossiz bir narsadir, aksincha, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vassallam: “Ramazondagi umra haj bilan barobardir”, deganlari hadisda keltirilgan.

Shayx Muhammad ibn Ibrohim rahimahulloh o‘z fatvolarida (6/131):

“Rajab oyining ba’zi kunlarini har qanday ziyorat va hokazolar uchun ajratib ko’rsatishga kelsak, bunga asos yo’q. Imom Abu Shoma o‘zining “Al-Bida’ Val-Havodis” kitobida Islomda farz bo‘lmagan ma’lum vaqtlarda ibodat qilish to‘g‘ri bo‘lmasligini, chunki hech bir vaqt boshqa vaqtdan afzal emas, faqat farz qilingan vaqtdan tashqari, deb aytganlar. Shuning uchun ulamolar rajab oyiga xoslab umra qilishlikni qoraladilar”.

Rajab oyida umra ziyoratiga borsa, bunda alohida fazilat bor degan e’tiqodda bo’lmaslik kerak. Masalan, o‘sha vaqtda sayohat qilish oson bo‘lib qolsa, bunday holatda umraga borishlikning yomon joyi yo‘q.

Alloh bilguvchidir.

Javob muallifi:

Shayx Munajjid

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Shariatga xilof narsalar ham sotiladigan omborxonada ishlash hukmi.

    April 15, 2026
  • Ruqyada oyat va hadisdan boshqa duo qilsa ham bo‘ladimi?

    April 15, 2026
  • Inson ajalini oldindan sezishi mumkinmi?

    April 13, 2026
  • Tik-tokda video ko‘rishni tashlay olmayotgan do‘stimga nasihat qiling.

    April 13, 2026
  • “Grin karta” o‘ynash ham lotereya kabi harommi?

    April 9, 2026
  • Hajda Muzdalifaga bomdod vaqtida yetib bordik, bunga kim javobgar?

    April 9, 2026