Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Zinodan homilasi bor ayolga uylansam bo‘ladimi?

Zinodan homilasi bor ayolga uylansam bo‘ladimi?

Nashr sanasi: September 2, 2025

Savol :

Bir ayolga uylanmoqchi edim. Qornida birovdan besh oylik nikohsiz homilasi bor. Uyidagilar bundan bexabar ekan. Uning sha’nini saqlash uchun unga uylansam joizmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Ha, joiz. Hanafi mazhabi ulamolarining aytgan gaplariga ko‘ra, agar bola nasabi aniq bir kishiga bog‘lanmagan bo‘lsa va kimdan bo‘lgani noma’lum bo‘lsa, bunday ayolga uylanish mumkin. Chunki bunda uning sha’nini saqlash, uyatidan qutqarish uchun yordam bo‘ladi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Ha, joiz. Hanafi mazhabi ulamolarining aytgan gaplariga ko‘ra, agar bola nasabi aniq bir kishiga bog‘lanmagan bo‘lsa va kimdan bo‘lgani noma’lum bo‘lsa, bunday ayolga uylanish mumkin. Chunki bunda uning sha’nini saqlash, uyatidan qutqarish uchun yordam bo‘ladi.

Hanafi mazhabida bu nikoh sahih hisoblanadi. Albatta, bu juda og‘ir va mushkul holat, ammo agar erkak sabr qilib, unga suyanchiq bo‘lib, oxirigacha o‘z zimmasiga olsa — bu savobli ish sanaladi.

Afsuski, bugungi kunda bunday holatlar juda ko‘payib ketdi. Ayollarning nikohsiz homilador bo‘lishi, farzand tug‘ilishi, ota-onaning tashlab qo‘yishi — bularning barchasi shariat hukmlariga amal qilinmaganidan, zino va fahsh ishlari keng tarqalganidan kelib chiqadi.

Qiz va o‘g‘il bolalar aralash muhitda o‘qishi, qo‘shma yig‘inlarda yurishi, qo‘lida telefon bilan yomon narsalarga kirishlari, turli zararli vositalar va dorilarning keng tarqalishi bunday balolarning sababidir.

Farzandlarni saqlash ota-onalarning zimmasida. Biroq faqat ota-ona emas, balki jamiyat rahbarlari, mahalla kattalari, qo‘ni-qo‘shnilar hammasi bunga mas’ul.

Holatimiz achinarli darajaga yetdi. Buning sababi — dinning talablariga amal qilmaslik va fahsh, munkar ishlarga berilib ketishdir.

Alloh hammamizni asrasin.

Allahumma amīn.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Men ilm olmoqchiman, ota-onam esa uylantirmoqchi. Maslahat bering.

    June 3, 2026
  • Vitrni xuftondan alohida o‘qish shartmi?

    June 3, 2026
  • Musulmonni yomon ko‘rish hukmi.

    May 25, 2026
  • Muqtadiy 3- va 4-rakaatda “Fotiha” o‘qishi yonidagilarga yoqmasa, nima qilishi kerak?

    May 25, 2026
  • Tovarga asl narxidan balandroq narx qo‘yib, keyin arzonlatib asl narxiga sotish joizmi?

    May 25, 2026
  • Ziyofat o‘tirishlar va silai rahm tushunchasi.

    May 19, 2026