Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Vino uchun yetishtiriladigan uzumzorda ishlash joizmi?

Vino uchun yetishtiriladigan uzumzorda ishlash joizmi?

Nashr sanasi: January 10, 2026

Savol :

Ustoz, qishlog‘imizda uzumzor bog‘lar bor. Hosildan vino ishlab chiqariladi. Shu bog‘larda terim mavsumida ishlasak, to‘g‘ri bo‘ladimi yoki gunoh ishga hissa qo‘shganimiz uchun gunohkor bo‘lamizmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar siz aytayotgan uzumlar aniq vino (aroq) ishlab chiqarish uchun topshirilayotgan bo‘lsa, bunday joyda ishlash joiz bo‘lmaydi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Agar siz aytayotgan uzumlar aniq vino (aroq) ishlab chiqarish uchun topshirilayotgan bo‘lsa, bunday joyda ishlash joiz bo‘lmaydi. Chunki bu holda siz harom ishga bevosita hissa qo‘shgan bo‘lasiz.

Uzumni yetishtirgan, terib bergan, tashib borgan, siqqan, siqishga yordam bergan, sotgan va ichishga sabab bo‘lganlarning barchasi haqida hadislarda qattiq ogohlantirish kelgan. Aroq bilan bog‘liq bo‘lgan o‘nta toifa odam la’natlangan bo‘lib, ulardan biri — unga yetkazib beruvchi va yordam beruvchilardir.

Shuning uchun uzumni terib, vino ishlab chiqarishga topshirish — sheriklik va yordam hisoblanadi va mumkin emas. Bunday holatda boshqa halol tirikchilik yo‘lini izlash lozim.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Telefon nasiya savdosi bilan shug‘ullanadigan kishining savoli.

    September 2, 2026
  • Hisob raqamdagi pulni firma orqali naqd qilishga oid savol.

    September 1, 2026
  • Spirtli ichimliklar bor uyda yashash va namoz o‘qish.

    August 31, 2026
  • Erkaklarga qaynana va qaynatalari borasida nasihat qiling.

    August 11, 2026
  • Mariya deb ism qo‘yish joizmi?

    August 11, 2026
  • “Kasallikdan tuzalsam, har kuni bir varaqdan Qur’on o‘qiyman”, deb nazr qilgan kishining savoli.

    August 11, 2026