Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Sochning yon tomonlarini qirib, tepasini qoldirish hukmi.

Sochning yon tomonlarini qirib, tepasini qoldirish hukmi.

Nashr sanasi: January 10, 2026

Savol :

Ustoz, hozirda ko‘plab o‘smir bolalar soch oldirishda kokil qoldirib, ya’ni yon va orqa tomonlarini qirib olib, peshonasida soch osilib turadigan qilib oldirishmoqda. Buning hukmi qanday?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bu amal harom hisoblanadi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu amal harom hisoblanadi. Rasululloh ﷺ bunday soch turmagidan qat’iy qaytarganlar. Hadislarda bu holat “qoza’” deb ataladi, ya’ni sochning bir qismini qirib, bir qismini qoldirish.

Bu ish johiliyat davridan qolgan odatlardan bo‘lib, u paytlarda odamlar butlarga yoki qabrlar oldida nazr-niyat qilib, sochning bir qismini qirib, bir qismini qoldirishgan. Rasululloh ﷺ bu amaliyotni butunlay bekor qilganlar va undan qaytarganlar.

Payg‘ambar ﷺ bir narsadan ochiq va qat’iy qaytargan bo‘lsalar, bu uning haromligiga dalolat qiladi. Shuning uchun bunday ko‘rinishda soch qoldirish joiz emas.

Agar bu ishni yosh bola qilayotgan bo‘lsa, bolaga gunoh yozilmaydi, ammo uning valiysi (ota-onasi, qarovchisi) gunohkor bo‘ladi. Chunki bolaning tarbiyasi va ko‘rinishi uchun mas’uliyat kattalarning zimmasida.

Shuning uchun ota-onalar va mas’ullar bunday soch turmagiga yo‘l qo‘ymasliklari kerak.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Men ilm olmoqchiman, ota-onam esa uylantirmoqchi. Maslahat bering.

    June 3, 2026
  • Tovarga asl narxidan balandroq narx qo‘yib, keyin arzonlatib asl narxiga sotish joizmi?

    May 25, 2026
  • Ziyofat o‘tirishlar va silai rahm tushunchasi.

    May 19, 2026
  • Sug‘urta kompaniyasi foiz olishi mumkin bo‘lgan holatga oid savol.

    May 19, 2026
  • Dropshopping biznes modeli halolmi?

    May 12, 2026
  • Qanday ilmga amal qilish farz?

    May 5, 2026