Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Soqol o‘stirmagan holda maktabda o‘qituvchilik qilishim joizmi?

Soqol o‘stirmagan holda maktabda o‘qituvchilik qilishim joizmi?

Nashr sanasi: March 26, 2026

Savol :

Men maktabda o‘qituvchiman. Bolalarga kam-kam diniy ta’lim berib, ba’zi munkarlardan qaytarib turaman. Shu asnoda soqolimni o‘stirmagan holda ishlasam joizmi? Soqol masalasida gunohkor bo‘lamanmi?

Ustoz, maslahat bering: nima qilay, yoki ishni tark qilaymi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Qo‘lingizdan kelganicha taqvo qiling. Alloh hammasini ko‘rib turibdi. Inson imkon qadar harakat qiladi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Yo‘q, ishni tark qiling, deya olmaymiz. Siz o‘sha joyda yoshlarga ta’lim beryapsiz — bu katta ne’mat va mas’uliyat.

Siz turgan joyingiz:

  • kasbingiz va rizqingizga sabab bo‘lib turibdi,

  • shu bilan birga ummatni tarbiyalashga ham xizmat qilmoqda.

Shuning uchun bunday foydali ishni tashlab qo‘yish to‘g‘ri emas.

Qo‘lingizdan kelganicha taqvo qiling. Alloh hammasini ko‘rib turibdi. Inson imkon qadar harakat qiladi.

Agar siz Allohning huzuriga borganda:
“Rabbim, men qo‘limdan kelganini qildim” deb ayta oladigan darajada bo‘lsangiz — bu siz uchun uzr bo‘ladi, insha Alloh.

Shu bilan birga, imkon topilgan sari sunnatga yaqinlashishga harakat qilish kerak.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Tunda ishlash xatomi?

    July 25, 2026
  • “Dinda haraj yo‘q” deyish bilan sustkashlik chegarasi.

    July 24, 2026
  • Gigienaga amal qilish hukmi.

    July 24, 2026
  • Erim vatanda qolgan onamni ziyorat qilishga yubormaydi…

    July 24, 2026
  • Urfga ko‘ra ota uyi kichik farzandga qolishi to‘g‘rimi?

    July 24, 2026
  • Singlimning noshar’iy o‘tadigan to‘yiga bormasligimga ota-onam ko‘nmayapti…

    July 23, 2026