Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Shohsanam ismini o‘zgartirish kerakmi?

Shohsanam ismini o‘zgartirish kerakmi?

Nashr sanasi: August 9, 2025

Savol :

Ismim Shoh Sanam. Bu ismni o‘zgartirishim kerakmi? Agar o‘zgartirmasam, hayotimga yomon ta’siri bo‘ladimi yoki gunohkor bo‘lamanmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bu ismni o‘zgartirishingiz vojibdir. Chunki Sanam so‘zi “but” degani, ya’ni Allohdan boshqa sig‘iniladigan ma’budlarning nomi bo‘lib keladi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu ismni o‘zgartirishingiz kerak. Chunki Sanam so‘zi “but” degani, ya’ni Allohdan boshqa sig‘iniladigan ma’budlarning nomi bo‘lib keladi. “Shoh Sanam” esa “butlarning kattasi” degan ma’noni anglatadi. Bu esa musulmon kishi uchun munosib ism emas.

Shuning uchun bu ismingizni o‘zgartirish vojib. O‘zingizga shariatga mos, go‘zal va ma’noli ism tanlang. Bu unchalik qiyin ish emas: o‘zingiz yoqtirgan yaxshi ismni belgilab, yaqinlaringizga e’lon qiling. Dastlab odamlar eski ismingiz bilan chaqirishi mumkin, ammo vaqt o‘tishi bilan yangi ismingizga o‘rganishadi.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

-1

  • Men ilm olmoqchiman, ota-onam esa uylantirmoqchi. Maslahat bering.

    June 3, 2026
  • Vitrni xuftondan alohida o‘qish shartmi?

    June 3, 2026
  • Musulmonni yomon ko‘rish hukmi.

    May 25, 2026
  • Muqtadiy 3- va 4-rakaatda “Fotiha” o‘qishi yonidagilarga yoqmasa, nima qilishi kerak?

    May 25, 2026
  • Tovarga asl narxidan balandroq narx qo‘yib, keyin arzonlatib asl narxiga sotish joizmi?

    May 25, 2026
  • Ziyofat o‘tirishlar va silai rahm tushunchasi.

    May 19, 2026