Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Qarz miqdori esdan chiqsa, qanday yo‘l tutiladi?

Qarz miqdori esdan chiqsa, qanday yo‘l tutiladi?

Nashr sanasi: August 8, 2025

Savol :

Bir birodarimga qarz berganman. Vaqtlar o‘tib, bu qarzning qancha ekani esimdan chiqdi. Birodarimning ham esidan chiqqan ekan. Ikkala tomon ham qarz miqdorini aniq eslolmasa, bu holatda qanday yo‘l tutish kerak?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Qarz miqdori yoddan chiqqan bo‘lsa, ikki tomon iloji boricha eslashga harakat qilib, o‘rtacha taxminiy summaga kelishadi; asosiy narsa – o‘zaro rozilik va haqqini halol qilishdir.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu holatda, avvalo, har ikkala tomon ham iloji boricha eslashga harakat qilishi kerak. So‘ngra, o‘zaro taxminiy miqdor ustida kelishib olishlari mumkin. Masalan: “Taxminan shunchadir” deb bir o‘rtacha raqamga kelishishadi. Agar ko‘p bo‘lib qolgan bo‘lsa, biri: “Men roziman,” desa bo‘ladi. Agar kam bo‘lib qolgan bo‘lsa, ikkinchisi: “Men rozi bo‘ldim,” desa kifoya.

Yani, bu yerda asosiy narsa – o‘zaro rozilik va adolatli murosa. Ikkala taraf ham bir-biriga haqqini halol qilsa, masala hal bo‘ladi.

Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Shunchaki cho‘milgan kishi g‘usl qilgan bo‘ladimi?

    September 2, 2026
  • Telefon nasiya savdosi bilan shug‘ullanadigan kishining savoli.

    September 2, 2026
  • Zehnim pastligi bois aqidaga oid eshitgan darslarimni eslab qololmayman…

    September 1, 2026
  • Hisob raqamdagi pulni firma orqali naqd qilishga oid savol.

    September 1, 2026
  • Bir yildan beri Rossiyadaman, namozimni to‘liq o‘qishim kerakmi?

    August 31, 2026
  • Spirtli ichimliklar bor uyda yashash va namoz o‘qish.

    August 31, 2026