Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Hadis >Qabrda Rasululloh ﷺning suratlari ko‘rsatilib, “Mana bu kishiga nima deysan?” deb so‘raladimi?

Qabrda Rasululloh ﷺning suratlari ko‘rsatilib, “Mana bu kishiga nima deysan?” deb so‘raladimi?

Nashr sanasi: May 12, 2025

Savol :

Ustoz, qabrda savol-javob bo‘ladigan paytda, Rasululloh ﷺning suratlari ko‘rsatilib, “Mana bu kishiga nima deysan?” deb so‘raladimi? Axir biz u zotni hech qachon ko‘rmaganmiz-ku, suratdan qanday taniymiz?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

U yerda surat ko‘rsatilib: “Mana shu kim?” – deyiladi, degan gap dalilsiz va odamlar orasida og‘zaki tarqalgan xatoli rivoyatlardandir. Savol aslida e’tiqodga asoslangan bo‘ladi, ko‘rish yoki suratni tanishga emas.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Rasululloh ﷺning surati ko‘rsatiladi degan aniq dalil yo‘q. Ba’zida odamlar, jumladan men ham, ilgari bu masalada xato qilib, “surati ko‘rsatiladi” deb aytib yuborganmiz. Oradan yillar o‘tib, dalillarni chuqur o‘rganib chiqqanimizda, bu gap hadislarda mavjud emasligi ayon bo‘ldi. Alloh bunday xatolarimizni mag‘firat qilsin.

Hadislarda kelgan gap quyidagicha: qabrda farishtalar mayyitdan:
“Bu sizlarga yuborilgan zot haqida nima deysan?” – deb so‘raydi.

U yerda surat ko‘rsatilib: “Mana shu kim?” – deyiladi, degan gap dalilsiz va odamlar orasida og‘zaki tarqalgan xatoli rivoyatlardandir. Savol aslida e’tiqodga asoslangan bo‘ladi, ko‘rish yoki suratni tanishga emas.

Mo‘min inson, agar Alloh uni sobit tutsa, bu savolga:
“U – Muhammad ibn Abdulloh, Allohning Rasuli, bizning peshvomu Payg‘ambarimiz” – deb javob beradi.
Bu – to‘g‘ri va yetarli javobdir.

Shunday qilib, surat ko‘rsatiladi degan gap na Qur’onda, na sahih hadislarda kelmagan. Savolning mazmuni sizning e’tiqodingiz va dunyodagi bilimingiz asosida bo‘ladi.

Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Ayol uyidan boshqa joyda ro‘molini yechishi joiz emasmi?

    August 7, 2026
  • “Yolg‘izning yori shayton” hadisini qanday tushunamiz?

    August 7, 2026
  • Shahidlikka sabab bo‘luvchi amallarni aytib bering.

    July 31, 2026
  • Qamchisi sigir dumidek toifa kimlar?

    July 31, 2026
  • Erkak kishi kiyim almashtirayotganida avrati behos ko‘rinib qolishi.

    July 15, 2026
  • “Birodarlarimni ko‘rsam edi” hadisi sahihmi?

    July 14, 2026