Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Psixologiya o‘qish joizmi?

Psixologiya o‘qish joizmi?

Nashr sanasi: June 11, 2025

Savol :

Ustoz, psixologiya fakultetida o‘qish joizmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Fan sifatida, odamlarni tarbiyalash, ularni tushunish va ularga yordam berish uchun o‘rganilsa, psixologiya foydali bo‘lishi mumkin.

Bismillah, alhamdulillah, vas-solatu vas-salamu ‘ala Rasulillah, va ba’d.

Umuman olganda, psixologiya fakultetida o‘qish joiz. Aslida bu o‘zi joiz bo‘lgan bir narsa. Chunki psixologiyada noto‘g‘ri jihatlar bo‘lsa ham, agar inson ularni tanib, to‘g‘rilash yoki foydali taraflarini o‘rganish maqsadida o‘qisa, bu foydali bo‘lishi mumkin.

Psixologiya — o‘rganilsa, foyda beradigan bir kasb. Masalan, yoshlar psixologiyasi bo‘yicha: ayrim bolalarning tarbiyasida, gapirishida yoki o‘zini tutishida muammolar bo‘ladi. Ana shunday holatlarda psixologiya fanini chuqur o‘rgangan mutaxassis bu bolalar bilan qanday muloqot qilishni, ularga nima kerakligini tushunadi. Shu sababli, bu ham bir fan, bir yo‘nalish sifatida, hatto doktorlik darajasigacha o‘rganiladigan soha.

Psixologiyaning o‘zi zararli emas. Muammo — uni qanday ishlatishda. Ba’zi odamlar psixologiya nomi ostida g‘ayb olamlariga kirib ketib, haddan oshib, shariatga zid gaplarni aytib qo‘yishadi. Bu — noto‘g‘ri. Biz noto‘g‘rini noto‘g‘ri deb aytamiz.

Ammo fan sifatida, odamlarni tarbiyalash, ularni tushunish va ularga yordam berish uchun o‘rganilsa, psixologiya foydali bo‘lishi mumkin.

Gap — uni qanday ishlatishda. Allohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Shariatga xilof narsalar ham sotiladigan omborxonada ishlash hukmi.

    April 15, 2026
  • Ruqyada oyat va hadisdan boshqa duo qilsa ham bo‘ladimi?

    April 15, 2026
  • Inson ajalini oldindan sezishi mumkinmi?

    April 13, 2026
  • Tik-tokda video ko‘rishni tashlay olmayotgan do‘stimga nasihat qiling.

    April 13, 2026
  • “Grin karta” o‘ynash ham lotereya kabi harommi?

    April 9, 2026
  • Oylikka ishlaydigan odam ham Allohdan boylik so‘rasa bo‘ladimi?

    April 8, 2026