Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Namoz >Oyog‘i og‘riydigan odam qanday namoz o‘qiydi?

Oyog‘i og‘riydigan odam qanday namoz o‘qiydi?

Nashr sanasi: April 17, 2026

Savol :

Ustoz, oyog‘i og‘rigani sababli qiyomda turmay, o‘tirib o‘qishning hukmi qanday?

Kursida o‘tirib o‘qiydimi yoki yerda o‘tirgan holda oyog‘ini qiblaga qaratib o‘qiydimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Rasululloh ﷺ aytganlar: “صَلِّ قَائِمًا, فَإِنْ لَمْ تَسْتَطِعْ فَقَاعِدًا, فَإِنْ لَمْ تَسْتَطِعْ فَعَلَى جَنْبٍ”

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Buning aniq bir ko‘rsatmasi yo‘q.

Rasululloh ﷺ aytganlar:

“صَلِّ قَائِمًا, فَإِنْ لَمْ تَسْتَطِعْ فَقَاعِدًا, فَإِنْ لَمْ تَسْتَطِعْ فَعَلَى جَنْبٍ”

 “Tik turib namoz o‘qi. Agar bunga qodir bo‘lmasang, o‘tirib o‘qi. Agar bunga ham qodir bo‘lmasang, yonboshlab o‘qi.”

(Sahih al-Bukhari, 1117)

Demak, o‘tirib o‘qishda ma’lum bir shakl shart emas.

Masalan:

  • kursida o‘tirib o‘qish mumkin
  • yerda o‘tirib o‘qish mumkin
  • oyoqni uzatib o‘tirish ham mumkin

Qaysi biri qulay bo‘lsa, o‘shani qiladi.

Masalan, masjidda jamoat bilan bo‘lganda ham, o‘zi uchun qulay holatni tanlaydi.

Bunda asosiy mezon:

فَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ مَا ٱسْتَطَعْتُمْ

Allohga qo`lingizdan kelganicha taqvo qiling

(Surah At-Taghabun, 64:16)

Shuningdek: “Dinda haraj (qiyinchilik) yo‘q.” Mana shu ikki qoidani jamlab:

– qo‘lingizdan kelganicha
– o‘zingizni qiynamay
– imkon darajasida namozni ado qilasiz.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Bir yildan beri Rossiyadaman, namozimni to‘liq o‘qishim kerakmi?

    August 31, 2026
  • Yangi namoz boshlaganlarga nasihat qiling.

    August 20, 2026
  • Ayollar masjidda azon aytilishini kutmay, taqvimga ko‘ra namozni vaqtida o‘qishi afzalmi?

    August 13, 2026
  • Qazo namozlar qachon o‘qiladi?

    August 11, 2026
  • Masjidlarda qurilish va ta’mirlash uchun kerakli mablag‘ yig‘ib bo‘linganidan keyin ham yana pul yig‘ish to‘g‘rimi?

    July 25, 2026
  • Bomdodni ko‘p qazo qilyapman…

    July 25, 2026