Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Ota-onasini haqorat qilgan va hattoki qo‘l ko‘targan insonni Alloh kechiradimi?

Ota-onasini haqorat qilgan va hattoki qo‘l ko‘targan insonni Alloh kechiradimi?

Nashr sanasi: May 29, 2025

Savol :

Ustoz, bir inson ota-onasiga yomon muomala qilib, og‘ir so‘zlar aytgan, hattoki urgan. Keyin esa xatosini tushunib, chin dildan tavba qilsa, Alloh kechiradimi? U inson namoz o‘qiydi, musulmon, lekin ota-onasini hurmat qilmaydi. Ota-onasining ham unga mehri yo‘q. U kishi chin dildan tavba qilsa, bu gunohlarning dunyodagi asoratlari (masalan, farzanddan qaytish) barham topadimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Faqat “men tavba qildim” deyish bilan ish bitmaydi, agar ota-onani rozi qilmagan bo‘lsa, bu hali to‘liq tavba hisoblanmaydi. Zulm qilingan bo‘lsa, uni joyiga qo‘yish, haq egasidan halollik olish shart.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Agar chin dildan tavba qilsa, albatta Alloh kechiradi. Chunki Alloh shirkdan boshqa barcha gunohlarni tavba qilgan bandasi uchun kechiradi. Ammo ota-onaga qilgan beodoblik faqat Alloh bilan bo‘lgan gunoh emas, bu bandaga — ota-onaga nisbatan qilingan zulmdir. Shuning uchun faqat Allohdan tavba qilish yetmaydi, balki ota-onaning roziligini ham olish lozim.

Ota-onani xafa qilgan va yomon muomala qilgan bo’lsa,  ularni xursand qiladigan, rozi qiladigan amallarni qilish kerak. Xizmat qilish, ularni ko‘nglini olish, duolarini olish — chin tavbaning belgilaridan. Zero, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ota rozi bo‘lsa, Alloh rozi bo‘ladi”, deganlar. Demak, Allohning roziligi ota-onaning roziligiga bog‘liq.

Faqat “men tavba qildim” deyish bilan ish bitmaydi, agar ota-onani rozi qilmagan bo‘lsa, bu hali to‘liq tavba hisoblanmaydi. Zulm qilingan bo‘lsa, uni joyiga qo‘yish, haq egasidan halollik olish shart.

Farzanddan qaytish masalasiga kelsak: agar tavbasi chin bo‘lsa, Alloh uni farzanddan qaytarmaydi, insha Alloh. Chunki Allohning mag‘firati faqat gunohni kechirmaydi, balki uning dunyodagi yomon oqibatlarini ham to‘sadi. Mag‘firat so‘zining lug‘aviy ma’nosi ham “to‘sish” demakdir. Alloh mag‘firat qilgan bandani gunohining zararlari va asoratlaridan ham saqlaydi.

Xulosa: Chin tavba qilinsa, ota-onani rozi qilishga harakat qilinsa va Allohdan mag‘firat so‘ralib, bu amal bilan tasdiqlansa — Alloh kechiradi, va uning rahmati bilan bu gunohning dunyodagi asoratlari ham barham topadi, insha Alloh.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Shariatga xilof narsalar ham sotiladigan omborxonada ishlash hukmi.

    April 15, 2026
  • Ruqyada oyat va hadisdan boshqa duo qilsa ham bo‘ladimi?

    April 15, 2026
  • Inson ajalini oldindan sezishi mumkinmi?

    April 13, 2026
  • Tik-tokda video ko‘rishni tashlay olmayotgan do‘stimga nasihat qiling.

    April 13, 2026
  • “Grin karta” o‘ynash ham lotereya kabi harommi?

    April 9, 2026
  • Oylikka ishlaydigan odam ham Allohdan boylik so‘rasa bo‘ladimi?

    April 8, 2026