Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Ayol kishi eridan bir taloq olib, uch hayz iddada o’tirib boshqa erga tegsa bo’ladimi?

Ayol kishi eridan bir taloq olib, uch hayz iddada o’tirib boshqa erga tegsa bo’ladimi?

Nashr sanasi: May 29, 2025

Savol :

Ustoz, bir ayol eridan bir taloq olib, uch hayz iddada o’tirdi.
Endi u boshqa erga tegmoqchi, lekin bir birodar: “U ayol erga tega olmaydi. Unga uylanmoqchi bo‘lgan odam avvalgi eriga borib, ‘Taloq berganmisiz?’ deb tasdiqlatib olishi kerak. Shunda ikkinchi taloq tushadi va uch hayz tugamasdan tasdiqlatib olsin. Uch hayz tugagan bo‘lsa, yana bir hayz o’tiradi,” deyapti.
“Agar tasdiqlatib olmasa, bir taloq bilan erga tega olmaydi. Nikoh o‘qitilgan bo‘lsa ham, zino qilib yurgan bo‘ladi,” deyapti.

Shu gap to‘g‘rimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bitta taloq bilan uchta hayz o‘tib boshqa erga teggan bo‘lsa, bo‘ldi masala hal bo‘lgan. Bu — ijmo masalasi, bunda ixtilof yo‘q.

Bismillah, alhamdulillah, vassalatu vassalamu ‘ala Rasulillah, amma ba’d:

Bu — noto‘g‘ri gap. Bu ijmoga teskari. Bunaqa gap yo‘q.
O‘zi, aslida, bitta taloq bilan uchta hayz o‘tib boshqa erga teggan bo‘lsa, bo‘ldi masala hal bo‘ladi.
Bu — ijmo masalasi, bunda ixtilof ham yo‘q.
Bunaqa deb gapirayotgan kishi o‘zi shariatdan hech narsa o‘qimagan, tushunmagan, bilmagan va xilofni bilmasdan gapiryapti.
Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Men ilm olmoqchiman, ota-onam esa uylantirmoqchi. Maslahat bering.

    June 3, 2026
  • Tovarga asl narxidan balandroq narx qo‘yib, keyin arzonlatib asl narxiga sotish joizmi?

    May 25, 2026
  • Ziyofat o‘tirishlar va silai rahm tushunchasi.

    May 19, 2026
  • Sug‘urta kompaniyasi foiz olishi mumkin bo‘lgan holatga oid savol.

    May 19, 2026
  • Dropshopping biznes modeli halolmi?

    May 12, 2026
  • Qanday ilmga amal qilish farz?

    May 5, 2026