Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >O’g’li bor erkak qizi bor ayolga uylansa bolalari bir-biriga mahram boladimi?

O’g’li bor erkak qizi bor ayolga uylansa bolalari bir-biriga mahram boladimi?

Nashr sanasi: June 16, 2025

Savol :

Oilamizda to‘rt farzandmiz: opam, akam, men (ayol kishi) va ukam.
Opam – onamning birinchi turmushidan, akam esa – dadamning birinchi turmushidan bo‘lgan farzandlar. Ukam va men – ota-onamizning birga turmush qurganlaridan tug‘ilganmiz.

Ota-onamiz turmush qurganlarida opam va akam besh-olti yoshda bo‘lgan ekanlar. Hozir opam akamning yonida hijobsiz yuradi, chunki biz bir-birimizni o‘gay deb bilmaymiz, hammamiz bir oilada katta bo‘lganmiz.

Shariat nuqtai nazaridan bu holat to‘g‘rimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Ular bir-birlariga na ota bir, na ona bir. Shuning uchun ular orasida qarindoshlik yo‘q. Shunday ekan, shariatda ular bir-biriga nomahram sanaladilar. Ular uchun birga erkin yurish, hijobsiz bo‘lish, ochiq-sochiq muomala qilish joiz emas, harom hisoblanadi.

Bismillah, alhamdulillah, vassalatu vassalamu ‘ala Rasulillah, amma ba’d.

Siz ta’riflagan holatga ko‘ra, opangiz onangizning birinchi turmushidan, akangiz esa otangizning birinchi turmushidan tug‘ilgan. Ya’ni, opangiz bilan akangiz bir-birlariga na ota bir, na ona bir – ular orasida qarindoshlik yo‘q. Shunday ekan, shariatda ular bir-biriga nomahram sanaladilar.

Nomahram erkak va ayol birga yashab, erkin muomala qilishi, hijobsiz yurishi – bu shariatga zid bo‘ladi. Ularning orasida nikoh o‘rnatilishi mumkin bo‘lgani sababli, ular ehtiyot choralarini ko‘rishlari, nomahramlarga tegishli muomala qilishlari lozim. Akangiz bilan opangiz o‘zaro mehrli bo‘lishlari tabiiy, ammo bu mehr shariat chegaralaridan chiqmasligi kerak.

Xulosa:
Opangiz bilan akangiz bir-birlariga nomahram sanaladilar. Shuning uchun birga erkin yurish, hijobsiz bo‘lish, ochiq-sochiq muomala qilish joiz emas, harom hisoblanadi.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Telefon nasiya savdosi bilan shug‘ullanadigan kishining savoli.

    September 2, 2026
  • Hisob raqamdagi pulni firma orqali naqd qilishga oid savol.

    September 1, 2026
  • Spirtli ichimliklar bor uyda yashash va namoz o‘qish.

    August 31, 2026
  • Erkaklarga qaynana va qaynatalari borasida nasihat qiling.

    August 11, 2026
  • Mariya deb ism qo‘yish joizmi?

    August 11, 2026
  • “Kasallikdan tuzalsam, har kuni bir varaqdan Qur’on o‘qiyman”, deb nazr qilgan kishining savoli.

    August 11, 2026