Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Musibatga ilojsizlikdan, vaqt davomida asta sekin ko’niksa ham Alloh ajr beradimi?

Musibatga ilojsizlikdan, vaqt davomida asta sekin ko’niksa ham Alloh ajr beradimi?

Nashr sanasi: June 16, 2025

Savol :

Ustoz, sabr qilish eng ulug‘ ibodat ekan. Musibatga ilk lahzada rozi bo‘lib, taslim bo‘lib sabr qilishga katta ajr berilar ekan. Vaqt o‘tib, boshqa iloji qolmagandan keyin musibatga ko‘nikishga ham savob beriladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Musibat ilk kelgan paytda Alloh uchun sabr qilsa, bu katta ajrga ega bo‘ladi. Agar o‘sha paytda sabr qilolmasdan keyinroq, musibatni eslab, o‘sha holatga qaytganida, be’asar gaplar aytmasdan, sabrli bo‘lsa — albatta, Alloh subhanahu va taolo hamma narsani biluvchi Zot. Inson zarracha bo‘lsa ham yaxshilik qilsa, itoat qilsa, Alloh uning mukofotini albatta beradi.

Bismillah, alhamdulillah, vassalatu vassalamu ‘ala Rasulillah.
Buning savobini Alloh biladi. Hech kim bu narsaga savob berilmaydi deb ayta olmaydi. Chunki Alloh subhanahu va taolo Qur’onda aytadi:

“Faman ya’mal mithqāla dharratin khayran yarah. Wa man ya’mal mithqāla dharratin sharran yarah”
(Kimki zarra misqolcha yaxshilik qilsa, uni ko‘radi; kimki zarra misqolcha yomonlik qilsa, uni ham ko‘radi.)

Demak, zarracha bo‘lsa ham, agar Alloh uchun itoat qilinsa, Alloh uchun sabr qilinsa, uning ajri bo‘ladi.

Lekin haqiqiy sabr — Rasululloh ﷺ aytganlaridek:
“As-sabru ‘inda ṣ-ṣadmatil ūlā” — ya’ni sabr birinchi zarba kelgan paytda bo‘ladi.
Musibat ilk kelgan daqiqada odam o‘zini qanday tutsa, aynan o‘sha paytda Alloh uchun sabr qilsa, bu katta ajrga ega bo‘ladi.

Agar o‘sha paytda sabr qilmadi, ajrdan mahrum bo‘ldi, deylik. Lekin keyinroq, musibatni eslab, o‘sha holatga qaytganida, be’asar gaplar aytmasdan, sabrli bo‘lsa — albatta, Alloh subhanahu va taolo hamma narsani biluvchi Zot. Uning hisob-kitobini faqat U Zot biladi.

Biz bilganimiz — inson zarracha bo‘lsa ham yaxshilik qilsa, itoat qilsa, Alloh uning mukofotini albatta beradi.
Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Telefon nasiya savdosi bilan shug‘ullanadigan kishining savoli.

    September 2, 2026
  • Hisob raqamdagi pulni firma orqali naqd qilishga oid savol.

    September 1, 2026
  • Spirtli ichimliklar bor uyda yashash va namoz o‘qish.

    August 31, 2026
  • Erkaklarga qaynana va qaynatalari borasida nasihat qiling.

    August 11, 2026
  • Mariya deb ism qo‘yish joizmi?

    August 11, 2026
  • “Kasallikdan tuzalsam, har kuni bir varaqdan Qur’on o‘qiyman”, deb nazr qilgan kishining savoli.

    August 11, 2026