Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Namoz o‘qiyotganda xayolga “riyo qilyapsan” degan vasvasa kelishi.

Namoz o‘qiyotganda xayolga “riyo qilyapsan” degan vasvasa kelishi.

Nashr sanasi: November 8, 2025

Savol :

Ustoz, namoz o‘qiyotganimizda ichimizda: “odamlar uchun o‘qiyapsan” degan fikr paydo bo‘ladi. Ammo biz Alloh uchun niyat qilib o‘qiymiz. Shu holatda nima qilish kerak?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bunday holat — shaytonning vasvasasi. Uni o‘zingizdan qat’iy rad eting.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bunday holat — shaytonning vasvasasi. Uni o‘zingizdan qat’iy rad eting. Vasvasa kelganda o‘zingizga ayting:

“Yo‘q, men Alloh uchun o‘qiyapman. Bor ishingni qil!”

Agar kerak bo‘lsa, “men yana uzunroq o‘qiyman” deb, ibodatni davom ettiring. Shu yo‘sinda bir necha marta qilsangiz, vasvasa o‘zi yo‘qoladi.

Vasvasani yo‘qotishning eng yaxshi yo‘li — unga e’tibor bermaslikdir. Chunki kim vasvasaning ortidan yuraversa, u kuchayadi. Ammo kim unga e’tibor bermasa, shayton undan umidini uzadi.

Agar shayton: “odamlar uchun o‘qiyapsan” desa, siz ayting:

“Yo‘q, men faqat Alloh uchun o‘qiyapman. Kerak bo‘lsa, yana uzunroq o‘qiyman.”

Shunda shayton o‘ylaydi: “Men bunga vasvasa qilsam, u ibodatini yanada kuchaytiradi,” deb sizdan umidini uzadi.

Bu usul tajribada ham ko‘p marta sinovdan o‘tgan.
Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Men ilm olmoqchiman, ota-onam esa uylantirmoqchi. Maslahat bering.

    June 3, 2026
  • Vitrni xuftondan alohida o‘qish shartmi?

    June 3, 2026
  • Musulmonni yomon ko‘rish hukmi.

    May 25, 2026
  • Muqtadiy 3- va 4-rakaatda “Fotiha” o‘qishi yonidagilarga yoqmasa, nima qilishi kerak?

    May 25, 2026
  • Tovarga asl narxidan balandroq narx qo‘yib, keyin arzonlatib asl narxiga sotish joizmi?

    May 25, 2026
  • Ziyofat o‘tirishlar va silai rahm tushunchasi.

    May 19, 2026