Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Majburlikdan hijobini yechib, keyin boshyalang bo‘lib ketayotgan muslimalar haqida.

Majburlikdan hijobini yechib, keyin boshyalang bo‘lib ketayotgan muslimalar haqida.

Nashr sanasi: August 8, 2025

Savol :

Ma’lumki, hozir ba’zi davlatlarda hijob o‘rashni taqiqlab qo‘yishdi. Shu sababli ba’zi opa-singillarimiz hijobini yechishga majbur bo‘lishyapti. Lekin bundan ham yomoni — hijobini yechgan ba’zi opa-singillar butkul ochilib, hijobni butunlay tark etishyapti.

Axir hijob kiyilmasa ham, hech bo‘lmaganda ro‘molni imkon qadar yopiq holatda o‘rab yurish mumkin-ku. Ustoz, iltimos, nasihat qiling va duo qiling. Alloh shu musibatga duchor bo‘lgan muslimalarni panohida asrasin.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Ayrim ayollar hijobdan chiqishga bahona izlab yurgan bo‘lishadi — mana, fitna sababli bahona topildi. Alloh taoloning fitnalarni yuborishidan maqsad — kim chin iymonli, kim esa nifoq egasi ekanini ajratishdir. Bu kabi sinovlar — iymon va sadoqatni yuzaga chiqaruvchi vositalardir.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Omin. Bu haqiqatda katta musibat. Ayrim ayollar hijobdan chiqishga bahona izlab yurgan bo‘lishadi — mana, fitna sababli bahona topildi. Alloh taoloning fitnalarni yuborishidan maqsad — kim chin iymonli, kim esa nifoq egasi ekanini ajratishdir. Bu kabi sinovlar — iymon va sadoqatni yuzaga chiqaruvchi vositalardir.

Kimdir hijob taqiqidan yig‘lab, duo qilib, sabr bilan yondashadi — bu haqiqiy mo‘min. Kimdir esa “bo‘ldi” deb butkul ochilib ketadi — bu esa sinovdan yiqilgan kishidir.

Shayton va zolimlarga Allohning imkon berishi ham ana shunday sinov vositasidir. Shunday paytlarda sabr qilgan, taqvo bilan yashagan ayollar boshqalarga ibrat bo‘ladi. O’zi Alloh xohlasa, bitta paytning o‘zida har bir narsani o‘zgartiradi, lekin imtihon qilish — hikmatidir.

Shunday paytda iymonni saqlab qolish, imkon qadar Allohning roziligi bilan yashash kerak. Qandaydir tashqi to‘siqlar bo‘lsa ham, ichki taqvoni saqlash lozim. Bahonaga suyanib butkul gunohga sho‘ng‘ish – bu xato yo‘ldir.

Sabr bilan yashaylik, Allohdan doimo duo qilib so‘raylik:
“Allohim, bizni diningda sobit qilgin, qalbimizni iymonda mustahkamla, bizni bu fitnalardan o‘z panohingda asra!”
Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Shariatga xilof narsalar ham sotiladigan omborxonada ishlash hukmi.

    April 15, 2026
  • Ruqyada oyat va hadisdan boshqa duo qilsa ham bo‘ladimi?

    April 15, 2026
  • Er ayoliga “ketaver, yashamayman” desa, taloq tushadimi?

    April 15, 2026
  • Inson ajalini oldindan sezishi mumkinmi?

    April 13, 2026
  • Tik-tokda video ko‘rishni tashlay olmayotgan do‘stimga nasihat qiling.

    April 13, 2026
  • “Grin karta” o‘ynash ham lotereya kabi harommi?

    April 9, 2026