Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Ilm o’rganish jarayonida, shunga mos ravishda qalbning ochilib borishi uchun maslahatlar

Ilm o’rganish jarayonida, shunga mos ravishda qalbning ochilib borishi uchun maslahatlar

Nashr sanasi: May 27, 2025

Savol :

Ustoz, sizni va boshqa ustozlarni eshitib, ko‘p narsalarni o‘rgandim.
Tavhid, shirk, aqida, namoz ahkomlari va hokazo. Allohning izni bilan ilm olishdan to‘xtamayapman.

Muammo shundaki, bilgan narsalarim boshimda bor, lekin qalbimda joylashmayotgandek bo‘ladi. Shariat talablarini a’zolarim bilan bajarayapman, lekin qalbimga qanday ta’sir qilay?
Ustoz, iltimos, nasihat qiling.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Alloh taolodan tavfiq, hidoyat, qalbingiz ochilishini so‘rang. Inson ma’rifatda sekin-asta o‘sib boradi, qalbi asta-sekin ochiladi. Bugun bilmaganini ertaga o‘rganadi. Shu tariqa qalbi isloh bo‘lib boradi. Qalb ustini zang bosib qolmasligi uchun uni tez-tez istig‘for bilan, iymonlashish bilan, ahli ilm bilan suhbat qilish, ilmiy suhbatlar qilish, kitob o‘qish orqali sayqallab turish kerak.

Bismillah, alhamdulillah, ‘ala rasulillahi va ba’d.
Endi ilm o‘qishni davom ettirish kerak. Odam doim o‘rganishda davom etishi lozim. Meningcha, eng ko‘p foyda bergan narsa — bu ilmni izchil tarzda o‘rganish bo‘lgan. Ayniqsa, Ibn Qayyim rahimahullohning kitoblari qalbni isloh qilishga juda katta yordam beradi.

Agar bu kitoblarni tushunib o‘qisangiz, juda foydali bo‘ladi. U zotning ko‘p kitoblarini sharhlaganmiz. Shuningdek, tafsir darslarini ko‘proq eshiting. Ayniqsa, Makkiy suralarda aqida asoslari, Alloh taoloni tanishtiradigan, oxirat hayotini eslatadigan, Rasululloh (s.a.v.)ning risolatini tushuntiradigan ma’nolar ketma-ket keltirilgan bo‘ladi. Bular qalb uchun malham hisoblanadi.

Alloh taolodan so‘rab, oldinga qarab harakat qiling. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytganlar: “Valakin sa‘atan fa sa‘ah” – ya’ni vaqti-vaqti bilan (ilm o‘rganing, ibodat qiling). Bu ilm sekin-sekin bo‘ladi. Bir kechada odam avliyoga aylanmaydi, yoki bir uxlab olim bo‘lib uyg‘onib qolmaydi.

Musulmonchilik asta-sekin bo‘ladi, kofirlik esa bir pastda, deb aytishadi xalq orasida. To‘g‘ri gap bu. Inson ma’rifatda sekin-asta o‘sib boradi, qalbi asta-sekin ochiladi. Bugun bilmaganini ertaga o‘rganadi. Shu tariqa qalbi isloh bo‘lib boradi.

Alloh taolodan tavfiq, hidoyat, qalbingiz ochilishini so‘rang. To‘g‘risini aytganda, hammamiz ham shu darddamiz aslida. Qalb ustini zang bosib qolmasligi uchun unga doimiy e’tibor kerak. Pichoqni ishlatmasangiz zang bosadi — qalb ham xuddi shunday.

Uni tez-tez istig‘for bilan, iymonlashish bilan, ahli ilm bilan suhbat qilish, ilmiy suhbatlar qilish, kitob o‘qish orqali sayqallab turish kerak. Bo‘lmasa, yana orqaga qarab ketaveradi.

Allohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Men ilm olmoqchiman, ota-onam esa uylantirmoqchi. Maslahat bering.

    June 3, 2026
  • Tovarga asl narxidan balandroq narx qo‘yib, keyin arzonlatib asl narxiga sotish joizmi?

    May 25, 2026
  • Ziyofat o‘tirishlar va silai rahm tushunchasi.

    May 19, 2026
  • Sug‘urta kompaniyasi foiz olishi mumkin bo‘lgan holatga oid savol.

    May 19, 2026
  • Dropshopping biznes modeli halolmi?

    May 12, 2026
  • Qanday ilmga amal qilish farz?

    May 5, 2026