Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Fiqh >Hayvonlarni hayvonot bog‘ida saqlash ularga zulm emasmi? Bu gunoh emasmi?

Hayvonlarni hayvonot bog‘ida saqlash ularga zulm emasmi? Bu gunoh emasmi?

Nashr sanasi: October 10, 2025

Savol :

Ustoz, hayvonlarni hayvonot bog‘ida saqlash ularga zulm emasmi? Bu gunoh emasmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Qisqa javob; Bismillah, Hayvonlarni tomosha uchun saqlash zulm emas. Zotan inson ularni so‘yib ham yeydi. Modomiki ovqatini berib, qarab turilsa — bu zulm bo‘lmaydi. Hayvonot bog‘idagi hayvonlar parvarish ostida yashaydi, o‘rmonga qo‘yib yuborilsa tirikchilik qilolmaydi. Shuning uchun bu ishda yomonlik yo‘q. Vallohu a‘lam

Bismillah,
Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo‘lsin.

Endi bu — odamlarni tomosha qilish uchun, bir chiroy uchun bo‘lsa, zulm deb bo‘lmaydi. Zotan odam uni so‘yib ham yeydi-ku o‘zi, masalan. So‘yish undan ham battar-ku — qamab qo’yib  ovqat berishdan ham battar narsa, masalan. Bu narsalar hammasi inson uchun yaratilgan narsa.

Modomiki ovqatini bersa, inson ovqatini bersa — vaqtida mushuk boqilgan-ku Rasululloh ﷺ vaqtida mushuk boqilgan. Foydalanilgan;  masalan, mushukni ham qo‘yvorib qo’y  “rizqingni yesin, uyda olib o‘tirma” deyilmaydi-ku. O‘shanday ya’ni: uni modomiki boqib, ovqatini bersa, bog‘dagi hayvonlar mazza qilib yashaydi.

O‘rmonga qo‘yib yuborsangiz, tirikchilik qila olmaydi ular. Tayyor eshaklarni go‘shtini olib kelib berib, har kuni 25 kg go‘sht berib turibdi ularga — kimga yoqadi,  o‘rmonga borib ov  qilish? Xotin olib kelib qo‘yibdi ularga; masalan, er-xotin bo‘lib yashayapti, ko‘payib. Maymunlar ham bir mazza qilib yashayabdi  borib qarasangiz —  banan, boshqa ovqatlar kelib yotibdi.

Bu yerda “yomon yashayapti” deb bo‘lmaydi ularni, ya’ni. Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

-1

  • “Bir gunohni qilsam, 3 kun ro‘za tutaman” deb qasam ichgan va ro‘zalari yillarga teng bo‘lib ketgan odam nima qiladi?

    April 2, 2026
  • Bachchabozlikdan tavba qilgan kishiga shar’iy jazo qo‘llanadimi?

    March 30, 2026
  • Hozirda ahli kitoblardan go‘sht sotib olsa bo‘ladimi?

    March 27, 2026
  • Inson a’zolarini ko‘chirish hukmi.

    January 31, 2026
  • Payg‘ambarimiz ﷺ qaysi mazhabda bo‘lganlar?

    December 22, 2025
  • Nogiron homilani oldirish hukmi.

    December 22, 2025