Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Fiqh >“Bir gunohni qilsam, 3 kun ro‘za tutaman” deb qasam ichgan va ro‘zalari yillarga teng bo‘lib ketgan odam nima qiladi?

“Bir gunohni qilsam, 3 kun ro‘za tutaman” deb qasam ichgan va ro‘zalari yillarga teng bo‘lib ketgan odam nima qiladi?

Nashr sanasi: April 2, 2026

Savol :

Bir odam bir gunohni qilmaslikka va har safar qilsa uch kun ro‘za tutishga qasam ichgan. Keyinchalik u bu ishni ko‘p marta takrorlagan va tutishi kerak bo‘lgan ro‘za kunlari yillarga teng bo‘lib ketgan.

Hozir u tavba qilgan va anchadan beri bu gunohlarga qaytmayapti. Endi qasamini qanday ado qiladi? Yo‘l ko‘rsating, ustoz.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Qasam buzilganda ko‘p martalik ro‘za yig‘ish shart emas, balki bitta kafforat — 10 miskinni to‘ydirish yoki kiyintirish, imkon bo‘lmasa uch kun ro‘za tutish bilan kifoya qilinadi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu qasam hisoblanadi. Qasam buzilgandan keyin uning kafforati bilan chiqiladi.

Qasamning kafforati:
10 ta miskinni to‘ydirish yoki kiyintirish
yoki bunga imkon topa olmasa, uch kun ro‘za tutish

Shu bilan qasamning kafforati ado bo‘ladi.

Aslida gunohni tark qilish uchun qasam ichish shart emas. Chunki u ishni qasam ichmasdan ham tark qilish farz. Masalan, zino qilmaslik yoki yolg‘on gapirmaslik — bularni qasam ichmasdan ham tark qilish lozim.

Shuning uchun ba’zi ulamolar bunday qasamni “bog‘lanmaydigan qasam” deganlar. Ya’ni, aslida bu ishni tark qilish shariatning o‘zi bilan vojib bo‘lgan.

Boshqa ulamolar esa bu qasamni bog‘lanadi deganlar. Bu masala ixtilofli.

Lekin har qanday holatda ham, agar qasam buzilgan bo‘lsa, kafforat berish bilan chiqiladi.

Kafforat tartibi:
avval qul ozod qilish (hozir bu amalda yo‘q)
yoki 10 ta miskinni to‘ydirish yoki kiyintirish
agar bunga ham qodir bo‘lmasa, uch kun ro‘za tutish

Shu bilan qasamning masalasi yopiladi.

Vallohu a’lam

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Tunda ishlash xatomi?

    July 25, 2026
  • “Dinda haraj yo‘q” deyish bilan sustkashlik chegarasi.

    July 24, 2026
  • Gigienaga amal qilish hukmi.

    July 24, 2026
  • Erim vatanda qolgan onamni ziyorat qilishga yubormaydi…

    July 24, 2026
  • Urfga ko‘ra ota uyi kichik farzandga qolishi to‘g‘rimi?

    July 24, 2026
  • Singlimning noshar’iy o‘tadigan to‘yiga bormasligimga ota-onam ko‘nmayapti…

    July 23, 2026