Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Firmaga mijoz olib kelganim uchun chegirma olishim halolmi?

Firmaga mijoz olib kelganim uchun chegirma olishim halolmi?

Nashr sanasi: May 12, 2026

Savol :

Ustoz, men Yevropaga borish uchun ishchi vizaga hujjat topshirdim.

Firmaning xizmat haqqi — $3000.
Yevropaga men orqali borgan insonlar uchun firma menga $100 chegirma beradi. U insonlar men orqali borsa ham, boshqa yo‘l orqali borsa ham xizmat haqqi $3000 bo‘ladi.

Bu chegirmani qabul qilishim joizmi?
Va bu haqida ularga aytishim kerakmi?


Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar bu ishda sizning biror xizmatingiz bo‘lsa, demak siz o‘sha xizmat uchun haq olayotgan bo‘lasiz. Bu joiz, in shaa Alloh. Chunki siz go‘yoki o‘sha firmaga klient olib boryapsiz.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Agar bu ishda sizning biror xizmatingiz bo‘lsa, demak siz o‘sha xizmat uchun haq olayotgan bo‘lasiz. Bu joiz, in shaa Alloh. Chunki siz go‘yoki o‘sha firmaga klient olib boryapsiz.

Shuning uchun firma sizga chegirma yoki mukofot beradi. Ya’ni:
“odam olib kelgani uchun” sizni rag‘batlantiryapti.

Bu dallollik yoki vositachilik xizmat haqqiga o‘xshash narsa hisoblanadi.

Bu narsani u odamlarga aytishingiz majburiy emas. Lekin:
“Men hech qanday manfaat olmayapman, faqat xolis xizmat qilyapman”, deb noto‘g‘ri gapirmang.

Yolg‘on gapirish joiz emas.

Agar sizdan so‘rab qolishsa yoki aytish kerak bo‘ladigan holat bo‘lsa, rostini aytasiz. Lekin boshidan albatta aytishingiz vojib emas.

Chunki firma sizga:

  • odam olib kelganingiz uchun,
  • ularga klient topib berganingiz uchun
    bermoqda.

Agar ular sizga hech narsa bermasa, balki siz ham boshqalarni olib kelishga qiziqmas edingiz. Shu sababli bu vositachilik xizmat haqqiga o‘xshaydi.

Allohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Men ilm olmoqchiman, ota-onam esa uylantirmoqchi. Maslahat bering.

    June 3, 2026
  • Vitrni xuftondan alohida o‘qish shartmi?

    June 3, 2026
  • Musulmonni yomon ko‘rish hukmi.

    May 25, 2026
  • Muqtadiy 3- va 4-rakaatda “Fotiha” o‘qishi yonidagilarga yoqmasa, nima qilishi kerak?

    May 25, 2026
  • Tovarga asl narxidan balandroq narx qo‘yib, keyin arzonlatib asl narxiga sotish joizmi?

    May 25, 2026
  • Ziyofat o‘tirishlar va silai rahm tushunchasi.

    May 19, 2026