Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Farzand Tarbiyasi >Elektron o‘yinlarga berilib, ibodat va oilani unutish.

Elektron o‘yinlarga berilib, ibodat va oilani unutish.

Nashr sanasi: May 9, 2025

Savol :

Ustoz, elektron o‘yinlarga berilib, farz ibodatlarga, oilaviy majburiyatlarga beparvo bo‘lib qolayotganlarga bir oz qattiqroq nasihat qilsangiz.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bu holat — g‘aflatdir. Biz ko‘rib turibmizki, ba’zi yosh oilalar bu illat tufayli buzilib ketmoqda. Er-xotin orasidagi mehr so‘nmoqda. Ota-onalar farzandlariga e’tibor berolmayapti. Shu sababli barchamiz — ota-onalar, jamiyat va hatto har bir tashkilot — bu ofatga qarshi birgalikda kurashishimiz kerak.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Haqqatan ham bu zamonaviy davrning eng og‘riqli muammolaridan biridir. Ko‘pchilik yoshlar internetdagi o‘yinlarga shu darajada berilib ketmoqda-ki, bu ular uchun bir shaytoniy domga aylanyapti. Bu illat tufayli inson farz ibodatlariga, oilaviy majburiyatlariga, ijtimoiy mas’uliyatlariga va hatto o‘z hayotining ma’nosiga befarq bo‘lib qolmoqda.

Bu holat — g‘aflatdir. Biz ko‘rib turibmizki, ba’zi yosh oilalar bu illat tufayli buzilib ketmoqda. Er-xotin orasidagi mehr so‘nmoqda. Ota-onalar farzandlariga e’tibor berolmayapti. Shu sababli barchamiz — ota-onalar, jamiyat va hatto har bir tashkilot — bu ofatga qarshi birgalikda kurashishimiz kerak.

Endi telefonlar, internet, o‘yinlar hayotimizga kirib bo‘ldi. Ularni butunlay yo‘qotish mumkin emas. Ammo to‘g‘ri foydalanishni o‘rgatishimiz va yoshlarni ongli tarzda bu xavfli holatdan olib chiqishimiz kerak. Vaqt — bu eng bebaho ne’mat. Uni behuda o‘yinlarga sarflash — foydasiz, zararli, ba’zan esa halokatli oqibatlarga olib keladi.

Yahudiylar o‘z farzandlariga bu narsalarni ruxsatsiz bermaydi. Ular farzandlarini kuchli tartib, intizom va maqsadli tarbiya asosida yetishtiradi. Bizning yoshlar esa salohiyatli, baquvvat, aql-idrokli bo‘lishiga qaramay, ko‘plab iqtidorlar telefon o‘yinlariga qurbon bo‘lyapti. Ko‘zi nuridan, miyasi salomatligidan, oilaviy barakasidan ayrilmoqda.

Ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan ham bu juda katta zarar keltiradi. Oilalar buzilmoqda, bolalar yetim bo‘lyapti, erkaklar o‘z vazifasidan bexabar bo‘lyapti. Bularning barchasi dinimizning asosiy g‘oyasiga zid. Inson nima uchun yaratilgan? — Bu savolga har bir musulmon javob bera olishi kerak.

Rasululloh ﷺning Usoma ibn Zaydni, atigi 17 yoshda bo‘lgan yigitni butun musulmon lashkarga amir qilib tayinlaganlarini eslang. Abu Bakr, Umar, Xolid ibn Valid, Amr ibn Os kabi ulug‘ sahobalar ham shu lashkarda bor edi. Bu ishonch, bu tarbiya, bu yuksak maqsad bizning yoshlarga o‘rnak bo‘lishi kerak.

Yoshlarga harakatsizlik, loqaydlik, g‘aflat emas — mas’uliyat, manfaat keltiruvchi mehnat, jamiyatga foyda beruvchi ishlar o‘rgatilishi kerak. Telefon o‘yinlariga sho‘ng‘ib, tunlari bedor yotib, sog‘lig‘ini va vaqtini isrof qilayotgan yoshlar — bu ummatning yelkasidagi og‘ir yuk bo‘lishi mumkin.

Shu bois barchamiz birgalikda bu illatga qarshi kurashishimiz, ogohlikni yoyishimiz va yoshlarimizga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatishimiz lozim.

Alloh taolo yoshlarmizga to‘g‘ri yo‘lni tanlashni, foydali ishlar bilan shug‘ullanishni, ibodatlarda sobit bo‘lishni va jamiyatga foydali insonlar bo‘lishni nasib qilsin.
Allohumma Āmīn.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Shariatga xilof narsalar ham sotiladigan omborxonada ishlash hukmi.

    April 15, 2026
  • Ruqyada oyat va hadisdan boshqa duo qilsa ham bo‘ladimi?

    April 15, 2026
  • Inson ajalini oldindan sezishi mumkinmi?

    April 13, 2026
  • Tik-tokda video ko‘rishni tashlay olmayotgan do‘stimga nasihat qiling.

    April 13, 2026
  • “Grin karta” o‘ynash ham lotereya kabi harommi?

    April 9, 2026
  • Oylikka ishlaydigan odam ham Allohdan boylik so‘rasa bo‘ladimi?

    April 8, 2026