Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Farzandda kimning haqqi ko‘proq: tuqqan onaningmi, asrab olgan onaningmi?

Farzandda kimning haqqi ko‘proq: tuqqan onaningmi, asrab olgan onaningmi?

Nashr sanasi: July 10, 2026

Savol :

Ustoz, bir qizni ota-onasi yoki faqat onasi chaqaloqligida sotib yuborgan. Hozir uni boshqa bir oila asrab olib katta qilgan. Qiz hozir 30 yoshda. Endi biologik onasini topmoqchi.

U: «Agar haqiqiy ota-onamning hanuz menda haqlari bo‘lsa, topay. Bo‘lmasa, meni katta qilgan oyimning ko‘nglini sindirgim yo‘q», deydi.

Savolim: qiz uchun kimning haqqi ko‘proq — tuqqan (lekin sotib yuborgan) onaniki yoki boqib, voyaga yetkazgan onaniki?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Biologik onaning onalik haqqi hech qachon uzilmaydi, uni topish va imkon qadar haqqini ado etish lozim.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Biologik onasi nima bo‘lgan taqdirda ham uning onasi hisoblanadi. Agar imkoniyati bo‘lsa, uni topishga harakat qilsin va onalik haqqini ado etsin. Chunki onalik haqqi hech qachon uzilmaydi. Hatto ona kofir bo‘lsa ham, uning haqqi saqlanib qoladi.

Balki u ayol qilgan ishidan pushaymondir. Balki yillar davomida iztirobda yashayotgandir. Inson adashadi, xato qiladi, keyin tavba qiladi. Ehtimol, qizining oldiga borishga ham uyalayotgandir.

Shuning uchun imkon topilsa, biologik onasini topib, u bilan aloqani tiklash va o‘rtani isloh qilish yaxshi bo‘ladi.

Lekin bu, qizni voyaga yetkazgan oilaning haqqini unutish degani emas. Ularning ham qiz ustida ulkan ehsoni va fazli bor. Ular uni tarbiya qildi, voyaga yetkazdi. Shuning uchun ularga ham yaxshilik qilish va minnatdor bo‘lish lozim.

Demak, bu yerda birining haqqini ado etib, ikkinchisinikini tark qilish kerak emas. Har ikkisining haqqi o‘z o‘rnida bor:

  • biologik onaning — onalik haqqi;
  • asrab olgan oilaning esa — ehson va tarbiya haqqi.

Shu bois biologik onasini topishga harakat qilsin, qarindoshlik rishtalarini bog‘lasin va har ikki tomonning haqqini ado etishga intilsin.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Telefon nasiya savdosi bilan shug‘ullanadigan kishining savoli.

    September 2, 2026
  • Hisob raqamdagi pulni firma orqali naqd qilishga oid savol.

    September 1, 2026
  • Spirtli ichimliklar bor uyda yashash va namoz o‘qish.

    August 31, 2026
  • Erkaklarga qaynana va qaynatalari borasida nasihat qiling.

    August 11, 2026
  • Mariya deb ism qo‘yish joizmi?

    August 11, 2026
  • “Kasallikdan tuzalsam, har kuni bir varaqdan Qur’on o‘qiyman”, deb nazr qilgan kishining savoli.

    August 11, 2026