Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Chig‘anoq (midiya) halolmi?

Chig‘anoq (midiya) halolmi?

Nashr sanasi: July 12, 2026

Savol :

Ustoz, Turkiya ko’chalarida sotiladigan chig’anoq (midiya)ni yeyish joizmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Alloh taolo dengiz ovini halol qilgan.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Alloh taolo dengiz ovini halol qilgan:

أُحِلَّ لَكُمْ صَيْدُ ٱلْبَحْرِ وَطَعَامُهُۥ مَتَـٰعًۭا لَّكُمْ وَلِلسَّيَّارَةِ ۖ 

“Sizlar uchun dengiz ovi va uning taomi halol qilindi…”
(Moida surasi, 96-oyat).

Rasululloh ﷺdan dengiz suvi haqida so’ralganda:

“Uning suvi pok, o’ligi haloldir.”
(Abu Dovud, Termiziy va boshqalar).

Ba’zi narsalarda ulamolar o’rtasida ixtilof bor. Masalan, “dengiz cho’chqasi” yoki “dengiz iti” kabi nomlar bilan ataladigan jonzotlar haqida bahs qilingan. Lekin bu nomlar ularning haqiqiy cho’chqa yoki it ekanini anglatmaydi. Bu shunchaki nom bo’lib, ular dengiz jonzotlaridir.

Xuddi shuningdek, chig’anoq va midiya ham dengizdan chiqadigan jonzotlar bo’lib, dengiz oviga kiradi. Alloh taolo halol qilgan ne’matlardan hisoblanadi.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Shunchaki cho‘milgan kishi g‘usl qilgan bo‘ladimi?

    September 2, 2026
  • Telefon nasiya savdosi bilan shug‘ullanadigan kishining savoli.

    September 2, 2026
  • Zehnim pastligi bois aqidaga oid eshitgan darslarimni eslab qololmayman…

    September 1, 2026
  • Hisob raqamdagi pulni firma orqali naqd qilishga oid savol.

    September 1, 2026
  • Bir yildan beri Rossiyadaman, namozimni to‘liq o‘qishim kerakmi?

    August 31, 2026
  • Spirtli ichimliklar bor uyda yashash va namoz o‘qish.

    August 31, 2026