Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Be-nikoh yashagan erkakka qizni turmushda tutish joizmi?

Be-nikoh yashagan erkakka qizni turmushda tutish joizmi?

Nashr sanasi: June 27, 2025

Savol :

Ustoz, bir birodarim qiz uzatgan edi. Kuyovi Rossiyada ishlagan davrida u yerda o‘zidan kattaroq bir ayol bilan nikohsiz yashaganini, hattoki u ayoldan farzandlari borligini bilib qolishdi. Kuyov “Sizlarni tashlab qo‘ymayman”, deb va’da bergan, hozir kelin bilan telefonda gaplashib, pul ham yuborib turibdi. To‘ylariga 4 oy bo‘lgan, qiz homilador. Birodar nima qilishni bilmay, sizdan maslahat so‘ramoqda.


Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar u hali ham zino holatida bo‘lsa – joiz emas, ajratish kerak. Tavba qilib to‘g‘rilangan bo‘lsa, yashash mumkin.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu holatda avvalo aniqlik kiritish kerak: u yigit o‘sha ayol bilan haqiqatan nikohsiz yashaganmi, yoki rasmiy nikoh bo‘lganmi? Farzandlari bo‘lsa, ehtimol ular birga yashagan, lekin rasmiy nikoh (zaks) qilmagan bo‘lishi mumkin.

Agar be-nikoh yashagan, ya’ni zino qilgan bo‘lsa va hozir ham bu holat davom etayotgan bo‘lsa, unda bunday kishiga qizni turmushda qoldirish joiz emas. Zinokor bilan yashash shar’an joiz emas – ajratib olish lozim bo‘ladi.

Ammo agar u ayol bilan nikohda yashagan bo‘lsa, farzandlar ham shundan bo‘lgan bo‘lsa, hozir esa u yigit qizingizga yaxshi muomala qilayotgan, pul yuborib turgan, xulqi va diniy holati yaxshi bo‘lsa — bu holatda sabr qilib, hayotlarini davom ettirishlari mumkin.

Bunda asosiy e’tibor:

  • Hozir u yigitning diniy va axloqiy holati qanday?

  • O‘tmishdagi gunohi bo‘lsa ham, hozir tavba qilib to‘g‘rilanganmi?

  • Kelinga muomala va zimmasidagi mas’uliyatni bajaryaptimi?

Agar bu jihatlar ijobiy bo‘lsa, ularning hayotiga to‘siq bo‘lmaslik kerak. Lekin agar hali ham be-nikoh munosabatda bo‘lsa — bu katta muammo, va ajratish lozim bo‘ladi.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Shariatga xilof narsalar ham sotiladigan omborxonada ishlash hukmi.

    April 15, 2026
  • Ruqyada oyat va hadisdan boshqa duo qilsa ham bo‘ladimi?

    April 15, 2026
  • Er ayoliga “ketaver, yashamayman” desa, taloq tushadimi?

    April 15, 2026
  • Inson ajalini oldindan sezishi mumkinmi?

    April 13, 2026
  • Tik-tokda video ko‘rishni tashlay olmayotgan do‘stimga nasihat qiling.

    April 13, 2026
  • “Grin karta” o‘ynash ham lotereya kabi harommi?

    April 9, 2026