Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Ayol uchun eng yaxshi kasb qaysi?

Ayol uchun eng yaxshi kasb qaysi?

Nashr sanasi: February 1, 2026

Savol :

Ayol kishi uchun eng yaxshi kasb qaysi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Asl vazifa — oila va tarbiya, undan tashqari ishlar esa — qobiliyat va zaruratga qarab bo‘ladi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu savolga bitta aniq kasbni ko‘rsatib, “eng yaxshisi mana shu” deb aytib bo‘lmaydi. Chunki bu masala odamga qarab farq qiladi.

Qandayki erkaklar orasida ham:

  • hamma da’vat ishini eplay olmaydi,

  • hamma ustachilik qila olmaydi,

  • hamma ilm bilan shug‘ullana olmaydi,

xuddi shuningdek ayollarda ham qobiliyatlar turlicha bo‘ladi. Qobiliyat — bu Alloh taoloning bergan ne’mati. Kim nimani eplay olsa, o‘sha sohada foyda beradi.

Jamiyatning rivoji ham shunda:
inson o‘ziga berilgan qobiliyatni topib, shu orqali jamiyatga foyda keltirsa — bu ham o‘zi uchun, ham jamiyat uchun foyda.

Hamma odamni bitta yo‘lga majburlab bo‘lmaydi:

  • hamma Qur’onni yodlay olmaydi,

  • hamma IT mutaxassisi bo‘lolmaydi,

  • hamma ingliz tilini mukammal o‘rgana olmaydi.

Bu jamiyat uchun ham shart emas. Jamiyatga turli kasb egalari kerak:
kimdir shifokor, kimdir usta, kimdir savdogar, kimdir muallim bo‘ladi. Bularning barchasi Allohning taqsimidir.

Ayol kishining asosiy vazifasi

Shu bilan birga, ayol kishining eng asosiy va eng buyuk vazifasi bor — bu:

  • uyda farzand tarbiyalash,

  • eriga xizmat qilish,

  • oilani Alloh roziligi uchun barpo etish.

Bu vazifa juda ulug‘ xizmat bo‘lib, ko‘plab kasblardan ham ustun turadi. Chunki ayol tarbiyalagan farzand orqali butun jamiyat tarbiyalanadi.

Ayollarning ishlashi masalasi

Shu bilan birga, zarurat va ehtiyoj bo‘lgan joylarda ayollarning ishlashi ham kerak bo‘ladi. Masalan:

  • ayol shifokorlar (ginekolog, stomatolog, dermatolog),

  • ayol akusherlar,

  • ayol hijomachilar.

Agar ayollarning barchasi faqat uyda qolsa, jamiyatda katta muammolar paydo bo‘ladi. Chunki ayolning ayrim holatlarini erkak shifokorga ko‘rsatish qiyin yoki joiz bo‘lmaydi.

Shuning uchun Alloh taolo ba’zi ayollarga shu sohalarga qobiliyat beradi va ular jamiyat ehtiyojini qoplaydi.


Xulosa

  • Ayol kishi uchun bitta “eng yaxshi kasb” yo‘q.

  • Eng yaxshisi — Alloh bergan qobiliyatga mos,

  • iffat va shar’iy chegaralar saqlangan,

  • oilaga va jamiyatga zarar yetkazmaydigan ish.

Asl vazifa — oila va tarbiya,
undan tashqari ishlar esa — qobiliyat va zaruratga qarab bo‘ladi.

Alloh taolo bandalarni har xil qobiliyat bilan yaratgan. Kim o‘ziga berilganini to‘g‘ri topsa, o‘zi ham, jamiyat ham foyda ko‘radi.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

4

  • Shariatga xilof narsalar ham sotiladigan omborxonada ishlash hukmi.

    April 15, 2026
  • Ruqyada oyat va hadisdan boshqa duo qilsa ham bo‘ladimi?

    April 15, 2026
  • Inson ajalini oldindan sezishi mumkinmi?

    April 13, 2026
  • Tik-tokda video ko‘rishni tashlay olmayotgan do‘stimga nasihat qiling.

    April 13, 2026
  • “Grin karta” o‘ynash ham lotereya kabi harommi?

    April 9, 2026
  • Oylikka ishlaydigan odam ham Allohdan boylik so‘rasa bo‘ladimi?

    April 8, 2026