Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Ayol faqat eri uchun labini shishirsa bo‘ladimi?

Ayol faqat eri uchun labini shishirsa bo‘ladimi?

Nashr sanasi: February 3, 2026

Savol :

Ayol kishi faqat eri uchun labini shishirtirishi joizmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Yo‘q, bu joiz emas — eri uchun ham joiz emas. Chunki labni shishirtirish Alloh taoloning yaratgan fitratini o‘zgartirish hisoblanadi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Yo‘q, bu joiz emaseri uchun ham joiz emas. Chunki labni shishirtirish Alloh taoloning yaratgan fitratini o‘zgartirish hisoblanadi. Bu esa davolanish yoki zarurat doirasiga kirmaydi.

Aslida joiz bo‘ladigan holatlar — bu davolanish bilan bog‘liq bo‘lgan holatlardir. Masalan:

  • yuzida kasallik yoki o‘sma chiqib, uni olib tashlash,

  • jarohat yoki yirtilish bo‘lsa, operatsiya qilib tuzatish,

  • qiyshayib qolgan a’zoni to‘g‘rilash,

  • tish tushib ketsa, o‘rniga tish qo‘yish.

Bularning barchasi odamni asl holatiga qaytarish maqsadida qilinadi va shuning uchun joiz bo‘ladi.

Ammo labni shishirtirish bunday emas. Bu:

  • davolanish emas,

  • zarurat emas,

  • balki Allohning yaratganini o‘zgartirishdir.

Shu sababli bu amal joiz bo‘lmaydi va shaytonning vasvasasiga ergashish sifatida baholanadi.
Bu ishni na eri uchun, na o‘zi uchun qilish mumkin emas.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Men ilm olmoqchiman, ota-onam esa uylantirmoqchi. Maslahat bering.

    June 3, 2026
  • Tovarga asl narxidan balandroq narx qo‘yib, keyin arzonlatib asl narxiga sotish joizmi?

    May 25, 2026
  • Ziyofat o‘tirishlar va silai rahm tushunchasi.

    May 19, 2026
  • Sug‘urta kompaniyasi foiz olishi mumkin bo‘lgan holatga oid savol.

    May 19, 2026
  • Dropshopping biznes modeli halolmi?

    May 12, 2026
  • Qanday ilmga amal qilish farz?

    May 5, 2026