Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Ayol kishi har safar darsga borishi uchun eridan ruxsat so’rashi shartmi?

Ayol kishi har safar darsga borishi uchun eridan ruxsat so’rashi shartmi?

Nashr sanasi: September 10, 2025

Savol :

Ustoz, ayol kishi eridan so‘ramay darsga borsa bo‘ladimi? Xo‘jayini ayolining darsi qachon bo‘lishini biladi. Bilsa ham, har safar ruxsat so‘rashini talab qiladi. Ayol esa ba’zida yodidan ko‘tarilib qoladi. U farzi ayn bo‘lgan ilmni o‘rganmoqda.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Albatta, ruxsat so‘rash kerak bo‘ladi. Xotin kishi ko‘chaga chiqishda, agar eri har chiqqanida ruxsat so‘rashni shart qilsa, albatta ruxsat so‘rashi yoki eridan avvaldan izn olib qo‘yishi kerak.

Albatta, ruxsat so‘rash kerak bo‘ladi. Xotin kishi ko‘chaga chiqishda, agar eri talab qilsa va har chiqqanida ruxsat so‘rashni shart qilsa, albatta ruxsat so‘rashi kerak. Farzandinikiga borsa ham, boshqa joyga borsa ham, baribir ruxsat olishi lozim.

Shunday ekan, xotin kishi farosatli bo‘lib, eridan avvaldan izn olib qo‘yishi kerak. Masalan, erining kayfiyati yaxshi paytda yoki suhbatlashayotgan chog‘ida: “Mening darsim bor, ba’zan sizdan so‘rashga imkon topolmay qolayapti. Telefon qilsam, bog‘lanolmay qolayapman. Darsdan qolib ketmayin desam, nima deysiz?” — deb aytsa, er aqlli bo‘lsa, yo‘q demaydi. Axir, u baribir ruxsat berar ekan.

Demak, bunday holda avvaldan ruxsat olib qo‘yish mumkin. Shuning uchun odam o‘zi uchun bo‘lmagan muammolarni chiqarib o‘tirmasligi kerak. Bu kabi narsalar “yo‘q joydagi muammolar” hisoblanadi. Er baribir ruxsat berayotgan bo‘lsa, o‘sha ruxsatni o‘rinli tarzda oldindan olish kifoya.

Umuman olganda, ruxsat so‘rash kerak. Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Telefon nasiya savdosi bilan shug‘ullanadigan kishining savoli.

    September 2, 2026
  • Hisob raqamdagi pulni firma orqali naqd qilishga oid savol.

    September 1, 2026
  • Spirtli ichimliklar bor uyda yashash va namoz o‘qish.

    August 31, 2026
  • Erkaklarga qaynana va qaynatalari borasida nasihat qiling.

    August 11, 2026
  • Mariya deb ism qo‘yish joizmi?

    August 11, 2026
  • “Kasallikdan tuzalsam, har kuni bir varaqdan Qur’on o‘qiyman”, deb nazr qilgan kishining savoli.

    August 11, 2026