Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Uydan ilon chiqsa nima qilish kerak?

Uydan ilon chiqsa nima qilish kerak?

Nashr sanasi: September 10, 2025

Savol :

Ustoz, bir birodarning aytishicha, uydan qora ilon chiqsa, uch kun haydash kerak ekan. U ilon jin yoki shayton bo‘ladi. Uch kun kutmasdan o‘ldirib yuborsa, jin undan qasos oladi, dedi. Shu to‘g‘rimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Rasululloh sallallohu alayhi vasallam ularni “uyda yashaydigan jinlar” (savākinul-buyūt) deb ataganlar. Demak, ularni uch matra ogohlantiriladi, agar ogohlantirgandan keyin ham ko‘rinaversa, o‘ldiriladi. Agar haqiqatan jin bo‘lsa, ogohlantirgandan keyin o‘zi ketib qoladi. “Qasos oladi” degan gap esa to‘g‘ri emas.

Bismillah, alhamdulillah, vassalatu vassalam ‘ala rasulillohi va ba’d.

Hadisda “qora” deb kelmagan. Ba’zi rivoyatlarda “oq ilon” deb ham kelgan. Lekin “qora” deganini bilmayman. Hadisda uyda yashaydigan savākinul-buyūt — ya’ni uylarda yashaydigan jinlar bo‘ladi, ular ilon shaklida keladi, deyiladi.

Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: “Ularni uch marta ogohlantiringlar” deganlar. Ya’ni, Sulaymon alayhissalom sizlardan olgan va’daga binoan, jinlarga aytiladi: “Biz yashayotgan joylarda yashamang, chekka joylarga ketinglar”, deb. Shundan keyin, agar ular ketmasa, ularni o‘ldirish halol bo‘ladi, o‘ldirish mumkin, deyilgan.

Ogohlantirgandan keyin ham qolsa, u zolim bo‘ladi. “Qasos oladi” degan gap to‘g‘ri emas, ulardan qo‘rqilmaydi. Chunki Alloh subhānahu va taolā bu obod joylarni bizga berdi, odamlar uchun yaratdi. Jinning joylari esa kavaklar, jarlarning kavaklari, tog‘larning orasida — inson qadami yetmaydigan joylarda bo‘ladi. Ammo agar ular odamlar yashaydigan joylarga kelib o‘rnashib olsa, bu noto‘g‘ri yo‘lni tutgan bo‘ladi, odamlarning haqiga tajovuz qilgan bo‘ladi.

Shuning uchun ogohlantirish buyurilgan. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam ularni “uyda yashaydigan jinlar” (savākinul-buyūt) deb ataganlar. Demak, ogohlantiriladi, agar ogohlantirgandan keyin ham ko‘rinaversa, o‘ldiriladi. Agar haqiqatan jin bo‘lsa, ogohlantirgandan keyin o‘zi ketib qoladi.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Men ilm olmoqchiman, ota-onam esa uylantirmoqchi. Maslahat bering.

    June 3, 2026
  • Tovarga asl narxidan balandroq narx qo‘yib, keyin arzonlatib asl narxiga sotish joizmi?

    May 25, 2026
  • Ziyofat o‘tirishlar va silai rahm tushunchasi.

    May 19, 2026
  • Sug‘urta kompaniyasi foiz olishi mumkin bo‘lgan holatga oid savol.

    May 19, 2026
  • Dropshopping biznes modeli halolmi?

    May 12, 2026
  • Qanday ilmga amal qilish farz?

    May 5, 2026