Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Ayol eridan mahrini talab qilishi gunohmi?

Ayol eridan mahrini talab qilishi gunohmi?

Nashr sanasi: August 30, 2025

Savol :

Erkak kishi nikohda belgilangan mahrni imkoniyati bo‘la turib bermasa, ayoli so‘raganida: “Men seni yedirib-ichirib, kiydirib yuribman, shuning o‘zi mahr” desa, bu to‘g‘rimi? Ayol mahrini so‘rashi gunohmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Ha, albatta, ayolning haqqi bor – mahrini so‘rashi joiz va gunoh emas.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Ha, albatta, ayolning haqqi bor – mahrini so‘rashi joiz va gunoh emas. Chunki mahr – nikoh paytida alohida shart qilingan narsa. Erning “yedirib-ichirib, kiydiryapman” deyishi mahrni bermaslikka uzr bo‘lolmaydi.

Erkak uylanganidan keyin: ayolning yeb-ichishi, kiyimi, turar joyi, kundalik sarf-xarajati – bularning hammasi erning zimmasidagi majburiy vazifa. Bu vazifani ado etish bilan mahrdan qutulib qolmaydi.

Rasululloh ﷺ aytganlar:
مَطْلُ الغَنِيِّ ظُلْمٌ
“Imkoniyati bo‘la turib (haqni) kechiktirish – zulmdir.” (Buxoriy, Muslim)

Demak, erning imkoniyati bo‘la turib mahrni bermasligi – zulmdir. Ayol talab qilsa – haqqini talab qilgani bo‘ladi, gunoh emas. Faqatgina bu talabni hikmat bilan, odob va ma’ruf bilan qilish afzal.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Men ilm olmoqchiman, ota-onam esa uylantirmoqchi. Maslahat bering.

    June 3, 2026
  • Vitrni xuftondan alohida o‘qish shartmi?

    June 3, 2026
  • Musulmonni yomon ko‘rish hukmi.

    May 25, 2026
  • Muqtadiy 3- va 4-rakaatda “Fotiha” o‘qishi yonidagilarga yoqmasa, nima qilishi kerak?

    May 25, 2026
  • Tovarga asl narxidan balandroq narx qo‘yib, keyin arzonlatib asl narxiga sotish joizmi?

    May 25, 2026
  • Ziyofat o‘tirishlar va silai rahm tushunchasi.

    May 19, 2026