Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Fiqh >Havf sababli soqolni qisqartirish hukmi.

Havf sababli soqolni qisqartirish hukmi.

Nashr sanasi: December 28, 2024

Savol :

Ustoz, biz yashayotgan joyda soqolga qarshilik bor. Sunnatga muvofiq yursak, zolimlar qo‘liga tushib qolishimiz, natijada qolgan ibodatlarimizdan ham to‘xtashimiz mumkin. Shu sababdan soqolni tagidan qisqartirib yursak bo‘ladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Javobning qisqacha mazmuni: Zarurat miqdoricha ruhsat beriladi.

Bismillah,

Alloh ta`ologa hamd va sanolar, undan keyin payg`ambar bo`lmaydigan payg`ambarga, uning oilasi, sahobalari va to qiyomat ularga yaxshilikda ergashganlarga salavot va salomlar bo`lsin.

Soqol qo‘yish erkaklar uchun vojib, soqolni butunlay qirib tashlash esa harom hisoblanadi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): “Mushriklarga xilof ish tutinglar: soqolni qo‘yib, mo‘ylovni qisqartiringlar”, deb aytganlar.

Ammo zarurat holatida soqolni qisqartirish yoki olishga ruxsat berilishi mumkin. Masalan, soqol qo‘ygani uchun qamalish, mol-mulkdan ayrilish, yoki boshqa katta zarar xavfi bor bo‘lsa, shariatda “mashaqqat yengillikni olib keladi” qoidasiga amal qilinadi. Bu qoidani dalili:
Alloh taolo aytadi:

لَا يُكَلِّفُ ٱللَّهُ نَفْسًا إِلَّا وُسْعَهَا ۚ

Alloh hech bir jonni toqatidan tashqari narsaga taklif qilmas. (Al-Baqara – 286)

Va Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) “men buyurgan narsani qo’lilardan kelgunicha qilinglar” dedilar.

Zaruratga faqat muayyan zarar bartaraf etiladigan miqdorda ruxsat beriladi. Shunga ko’ra, soqolni olsa bo’ladi, agar haqiqiatdaa soqol qo’yib yursa qamalib ketadigon bo’lsa, yoki ahli oilasiga, yoki molu-mulkiga zarar etadigon bo’lsa, u holda soqolini olish joiz bo’ladi.

Shuningdek, zarurat deb qachon hukm qilinishini ahli ilmdan so‘rab aniqlash kerak. Misol uchun, soqolni qisqartirish bilan muammo hal bo‘lsa, butunlay olish joiz emas.

Ba’zi paytlarda soqolga cheklovlar ma’lum bir yoshdagilarga qo’yilishi mumkin. Keksa yoshdagilar esa soqol qo’yganliklari uchun odatda muammoga duch kelmaydilar. Biroq, keksa yoshdagilarning ham yoshlarga bo’lgan tahdidlardan qo’rqib soqollarini qirib yurishlari joiz emas.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Ustoz Yusuf Davron

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Sotilgan chiptalardan tushgan bonuslar evaziga boshqa insonlarga chipta olib bersa bo’ladimi?

    October 10, 2025
  • Hayvonlarni hayvonot bog‘ida saqlash ularga zulm emasmi? Bu gunoh emasmi?

    October 10, 2025
  • Qarzga pul so‘rash o‘rniga muddatli to‘lovga mashina oldirish haqida savol.

    October 7, 2025
  • Yoshligida yigitlar bilan gaplashgan qizlar erga tekkach bu ishini aytishi kerakmi?

    October 7, 2025
  • Emizikli boladan ortgan ovqatni otasi yesa bo‘lmaydimi?

    October 7, 2025
  • Otasi urushqoq xo‘roz yetishtirib sotadigan yigitning savoli.

    October 6, 2025