Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Fiqh >Qizlarni universitetlarda yoki madrasalarda o’qish hukmi.

Qizlarni universitetlarda yoki madrasalarda o’qish hukmi.

Nashr sanasi: December 28, 2024

Savol :

Ustoz, qizlar maktabni bitirgandan so‘ng universitetlarga yoki madrasa o‘qishga kirishlari mumkinmi? Universitetlarda o‘g‘il-qizlar aralash bo‘ladi, madrasalarda esa ba’zi masalalarda ahli sunna e’tiqodiga zid narsalarni o‘qitiladi. Olima bo‘lmoqchi bo‘lgan qizlar qanday yo‘l tutishi ma’qul? Maslahat bersangiz.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Javobning qisqacha mazmuni:

Bismillah,

Alloh ta`ologa hamd va sanolar, undan keyin payg`ambar bo`lmaydigan payg`ambarga, uning oilasi, sahobalari va to qiyomat ularga yaxshilikda ergashganlarga salavot va salomlar bo`lsin.

Savolda ayollarning erkaklar bilan aralashgan oliygohlarda, masalan, universitet yoki madrasalarda o‘qish masalasi so‘ralmoqda. Madrasalarda ko‘pincha alohida o‘qitiladi. Ayollar diniy sohaga alohida jalb qilinadi, lekin ba’zi masalalarda ahli sunna e’tiqodiga zid bo‘lgan darslar o‘tilishi mumkin. Bu borada qarash kerak: madrasada asosiy o‘qitilayotgan narsa nimaga qaratilgan, qaysi sohada qanday darajada o‘tiladi? Masalan, o‘ziga foydasi ko‘proq bo‘lsa va ba’zi mulohazali jihatlari tashqaridan to‘g‘rilash mumkin bo‘lsa, o‘qishga ruxsat beriladi.

Ayni paytda, Azhar yoki boshqa universitetlarda ba’zi masalalar o‘ziga xos bo‘lishi mumkin, lekin ulardan foydalansa bo‘ladi. Talaba hijobga to‘liq rioya qilsa, munkardan qaytarib, nomahramlar bilan zarurat miqdorida muloqot qilsa, ba’zi ulamolar bunday sharoitlarda o‘qishga ruxsat berishgan. Lekin imonining zaiflashib ketish xavfi bo‘lsa yoki hijobdan voz kechishga majbur bo‘lsa, bu holat o‘qishdan tiyilish uchun yetarli sababdir.

Erkak-qiz aralash joylarda ayollar faqat zarurat bo‘lganda va qat’iy shartlar asosida o‘qishi mumkin. Ammo imoni mustahkam bo‘lgan qizlarning dini va musulmon ummatiga foyda yetkazadigan sohalarni egallashlariga to‘siq bo‘lmasligi lozim. Masalan ayollarga doyalik qiladigon akusherlik sohalarini egallashlari zarurat bo’lganligi uchun ruhsat beriladi, yoqsa erkaklar bu sohalarni egallaydilar.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Ustoz Yusuf Davron

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Men ilm olmoqchiman, ota-onam esa uylantirmoqchi. Maslahat bering.

    June 3, 2026
  • Tovarga asl narxidan balandroq narx qo‘yib, keyin arzonlatib asl narxiga sotish joizmi?

    May 25, 2026
  • Ziyofat o‘tirishlar va silai rahm tushunchasi.

    May 19, 2026
  • Sug‘urta kompaniyasi foiz olishi mumkin bo‘lgan holatga oid savol.

    May 19, 2026
  • Dropshopping biznes modeli halolmi?

    May 12, 2026
  • Qanday ilmga amal qilish farz?

    May 5, 2026