Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Namoz >Muqtadiy 3- va 4-rakaatda “Fotiha” o‘qishi yonidagilarga yoqmasa, nima qilishi kerak?

Muqtadiy 3- va 4-rakaatda “Fotiha” o‘qishi yonidagilarga yoqmasa, nima qilishi kerak?

Nashr sanasi: May 25, 2026

Savol :

Ustoz, men Hanafiy diyorda yashayman. Bu yerda jamoat namozining uchinchi va to‘rtinchi rakatlarida muqtadiylar, namoz maxfiy bo‘lsa ham, Fotihani o‘qimay jim turadilar. Men esa Fotihani maxfiy o‘qisam, yonimdagilar g‘azablanishi mumkin.

Chunki uchinchi-to‘rtinchi rakatlarda hatto pashsha uchsa ham bilinadi. Pichirlashning iloji yo‘q. Shu holatda namozim durust bo‘ladimi?


Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar sizning mazhabingizda uchinchi va to‘rtinchi rakatlarda Fotihani o‘qish kerak deb ushlagan bo‘lsangiz, albatta o‘qing.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Agar sizning mazhabingizda uchinchi va to‘rtinchi rakatlarda Fotihani o‘qish kerak deb ushlagan bo‘lsangiz, albatta o‘qing.

Siz:
“Pichirlasa ham bilinadi”, deysiz. Lekin ichingizda, o‘zingiz eshitadigan darajada o‘qisangiz, bunda hech kimning ishi bo‘lmasa kerak.

Axir hech kim:
“Sen nima uchun pichirlading?” deb kelib so‘ramasa kerak-ku.

Odamning bu darajada odamlardan qo‘rqib qolishi yoki odamlar bir-birini shu darajada kuzatib yurishi achinarli hol.

E’tibor bermang. O‘zingiz to‘g‘ri deb bilganingizga amal qilavering.

Faqat jahriy — ovoz chiqarib o‘qimang.

Agar kimdir so‘rasa:
“Fotihani ichimda o‘qidim”, desangiz bo‘ladi. Buning nima zarari bor?

Siz axir boshqalarga:
“Nega o‘qimayapsiz?” demayapsiz-ku.

Shuningdek, uni boshqalarga eshittiradigan darajada pichirlashingiz ham shart emas. O‘zingiz eshitadigan darajada bo‘lsa kifoya.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Vitrni xuftondan alohida o‘qish shartmi?

    June 3, 2026
  • Peshin farzidan keyin necha rakaat sunnat o‘qish afzal?

    May 4, 2026
  • Namozda ayol kishining oyog‘i avrat sanaladimi?

    April 29, 2026
  • Peshinni asr vaqtiga taqab o‘qisa bo‘ladimi?

    April 29, 2026
  • O‘n yillikk qazo namozlarim tugadi, yana o‘qisam bo‘ladimi?

    April 23, 2026
  • Namoz uchun poklanish qay darajada bo‘ladi?

    April 23, 2026