Turmush o‘rtog‘im meni taloq qilgan edi. Idda asnosida yarashib, birga yashadik. Oradan yillar o‘tdi, keyin qattiq janjallashdik.
Men ichkaridan eshikni yopib olgan edim. Turmush o‘rtog‘im eshikni tepib ochib, “taloqsan” dedi. O‘sha paytda hayz holatida edim. Keyin o‘ziga kelgach, nima deganini bilmay qolganini aytdi. Ig‘loq, ya’ni qattiq g‘azab holatida taloq tushmaydi, degan gapni eshitgan edik.
Vaqt o‘tib, yana “taloqsan” deb aytdi. Shunda bu taloq ikkinchi bo‘ldimi yoki uchinchi bo‘ldimi, bilmay qoldik.