Bismillah,
Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.
Bu masala odamning holatiga qarab farq qiladi. Sharoitiga, jismoniy quvvatiga va ehtiyojiga qarab hukm o‘zgaradi.
Aslida uylanish Rasululloh ﷺning sunnatlaridandir. U zot aytganlar:
«النِّكَاحُ مِنْ سُنَّتِي، فَمَنْ رَغِبَ عَنْ سُنَّتِي فَلَيْسَ مِنِّي»
“Nikoh mening sunnatimdir. Kim mening sunnatimdan yuz o‘girsa, u mendan emas.”
Uylanishning hukmlari
Uylanish har bir odam uchun bir xil hukmda bo‘lmaydi:
1. Vojib bo‘ladi
Agar inson zinoga ketish xavfi ostida bo‘lsa, uylanish unga vojib bo‘ladi.
2. Mustahab bo‘ladi
Agar imkoniyati bo‘lsa va o‘zini saqlay olsa, uylanish afzal hisoblanadi.
3. Muboh bo‘ladi
Ba’zi holatlarda uylansa ham, uylanmasa ham farqi bo‘lmaydi.
Masalan, bir xotini bor odamning ikkinchi marta uylanishi.
4. Makruh bo‘ladi
Agar inson o‘zini ta’minlay olmasa, iqtisodiy yoki boshqa jihatdan tayyor bo‘lmasa.
5. Harom bo‘lishi mumkin
Agar inson oila qurib, ayolning haqqini ado qila olmasligini bilsa, masalan:
- jismoniy tomondan ojiz bo‘lsa
- yoki ayolga zulm qilishi aniq bo‘lsa
Bunday holda uylanish orqali boshqaga zarar yetkazadi, bu esa joiz emas.
Erta yoki kech uylanish
Erta uylanish ham, kech uylanish ham — insonning holatiga bog‘liq.
– Kimda ehtiyoj kuchli bo‘lsa — erta uylanish afzal
– Kim hali tayyor bo‘lmasa — biroz kechiktirishi mumkin
Masalan, ba’zi yoshlar avval ishlash, moddiy holatini yaxshilash uchun bir necha yil kutadi — bu ham joiz.
Lekin agar inson zinoga ketish xavfi bo‘lsa, u holda kechiktirish to‘g‘ri emas.
Qo‘shimcha
Tarixda uylanmagan ba’zi ulamolar ham bo‘lgan. Bu haqida alohida kitoblar ham yozilgan. Lekin umumiy yo‘l — Rasululloh ﷺ va sahobalarning yo‘li — uylanishdir.
Xulosa
Uylanish:
- fitratga mos
- sunnat
- jamiyat uchun foydali
Eng to‘g‘ri qaror inson o‘z holatini to‘g‘ri baholab, shunga qarab uylanishi
Vallohu a’lam.