Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >“Grin karta” o‘ynash ham lotereya kabi harommi?

“Grin karta” o‘ynash ham lotereya kabi harommi?

Nashr sanasi: April 9, 2026

Savol :

Ustoz, bir tanishim aytmoqda: green card o‘ynash halol emas, chunki bu lotereya, har qanday lotereya esa harom.

“Ko‘p odam o‘zi haqida ma’lumot kiritadi, kimdir yutadi, kimdir yutmaydi”, deydi.

Men esa: “Bu narsa tekin-ku, hech kim pul tikmaydi, yutqazadigan narsa yo‘q”, desam, u: “Rasmga tushish, hujjatlarni to‘ldirishga pul sarflaysiz-ku”, dedi.

Shuning hukmini aytib bersangiz.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Green card lotereyasi pul tikishga asoslanmagani uchun qumor hisoblanmaydi va oddiy xarajatlar tufayli uni harom deyish to‘g‘ri emas.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Vallohu a’lam, bu narsani qumor deb hisoblamaymiz.

Chunki qumor bo‘lishi uchun pul tikilishi kerak. Bu yerda esa rasmga tushish yoki hujjatlarni tayyorlash xarajatlari — pul tikish emas, balki oddiy xarajatlar, yo‘l xarajatiga o‘xshash narsalardir.

Qumor shuki, odamlar pulni o‘rtaga qo‘yadi va kimdir yutib, boshqalarning pulini olib ketadi.

Bu yerda esa unday emas. Bu ko‘proq tanlov (saralash) jarayoniga o‘xshaydi: odamlar o‘z ma’lumotlarini topshiradi va ichidan kimdir tanlanadi.

Shuning uchun bu holatni qumorga o‘xshatmaymiz.

Vallohu a’lam, shar’iy jihatdan joiz, deb bilamiz.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

3

  • Men ilm olmoqchiman, ota-onam esa uylantirmoqchi. Maslahat bering.

    June 3, 2026
  • Tovarga asl narxidan balandroq narx qo‘yib, keyin arzonlatib asl narxiga sotish joizmi?

    May 25, 2026
  • Ziyofat o‘tirishlar va silai rahm tushunchasi.

    May 19, 2026
  • Sug‘urta kompaniyasi foiz olishi mumkin bo‘lgan holatga oid savol.

    May 19, 2026
  • Dropshopping biznes modeli halolmi?

    May 12, 2026
  • Qanday ilmga amal qilish farz?

    May 5, 2026