Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Nikoh >Uylanishdan avval qizni necha marta ko‘rsa bo‘ladi?

Uylanishdan avval qizni necha marta ko‘rsa bo‘ladi?

Nashr sanasi: April 8, 2026

Savol :

Nikohdan oldin qizni ko‘rish me’yori qanday?

Masalan, yigit qiz bilan bir marta ko‘rishgach, yana qayta ko‘rishni so‘rashi mumkinmi? Yoki avval qizning rasmini so‘rab olishi joizmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Nikohdan oldin bir-birini tanish uchun bir necha bor ko‘rish va gaplashish joiz, lekin bu hayo va shariat chegarasidan chiqmay, yolg‘iz qolmasdan amalga oshirilishi shart.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu masalada shariatda aniq, qat’iy bir me’yor belgilab qo‘yilmagan. Faqatgina ko‘rib, bilib olishga ruxsat berilgan.

Demak, agar bir marta ko‘rishda maqsad hosil bo‘lmasa, yana ko‘rish mumkin, yana ko‘rish mumkin — ya’ni haddidan oshib ketmaydigan darajada.

Masalan, inson o‘zini qiziqtirgan jihatlarni aniqlaguncha ko‘rib, gaplashishi mumkin. Lekin bu jarayon haddidan oshib ketib, haromga olib boradigan darajaga yetmasligi kerak.

Ya’ni ko‘p gaplashib yuborish natijasida oradagi hayo pardasi ko‘tarilib, keyin shar’an joiz bo‘lmagan narsalarga o‘tib ketish xavfi bo‘lsa — bu harom bo‘ladi.

Ammo agar maqsad faqat bir-birini bilish bo‘lsa, bu bir marta ko‘rishda bo‘lmasa, ikki marta, hatto uch marta ko‘rishib, bir-birini taniguncha davom etishi mumkin.

Lekin bu jarayon nazorat ostida bo‘lishi kerak.

Albatta, uchrashuvda yonlarida boshqa odam bo‘lishi lozim. Chunki agar ular yolg‘iz qolib gaplashsa, uchinchisi shayton bo‘ladi va bu holat gunohga olib borishi ehtimoli yuqori.


Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Faqat ikki quda ijob-qabul qilishi bilan nikoh bog‘lanadimi?

    April 8, 2026
  • Oila sirlarini dugonalariga aytadigan kelinlarga nasihat qiling.

    April 5, 2026
  • Nikohdan maqsad nima ekani haqida eslatma qilsangiz.

    April 2, 2026
  • Kuyovimning o‘g‘li o‘zining onasi bilan emas, qizim bilan yashashi to‘g‘rimi?

    March 31, 2026
  • Uylana olmayotganim sababi sehr qilingan bo‘lishim mumkinmi?

    February 13, 2026
  • Yosh bolani unashtirish nikoh hukmiga o‘tadimi?

    February 7, 2026