Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Nikoh >Faqat ikki quda ijob-qabul qilishi bilan nikoh bog‘lanadimi?

Faqat ikki quda ijob-qabul qilishi bilan nikoh bog‘lanadimi?

Nashr sanasi: April 8, 2026

Savol :

Domla, agar ikki erkakdan biri: “Qizimni o‘g‘lingizga berdim”, desa, ikkinchisi esa: “Qizingizni kelin qildim”, desa — nikoh bog‘lanadimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Balog‘atga yetmaganlar uchun otalar guvohlar oldida nikohni bog‘lashi mumkin, ammo balog‘atga yetganlar uchun ularning aniq roziligi yoki vakolatisiz nikoh sahih bo‘lmaydi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Agar bunday holatda ikkala tomonning bolalari balog‘atga yetmagan bo‘lsa, nikoh bog‘lanadi.

Ya’ni balog‘atga yetmagan bola bo‘lsa, ota: “Qizimni o‘g‘lingga berdim” desa, ikkinchi tomon: “Oldim”, desa — guvohlar oldida nikoh bog‘lanadi.

Ammo agar ular balog‘atga yetgan bo‘lsa, unda albatta ularning roziligi kerak — har ikkala tomonning ham.

Ayniqsa qizning roziligi shart. Otasi qizidan ruxsat olishi kerak: “Seni turmushga beryapman”, deb.

Xuddi shuningdek, o‘g‘il tomonda ham o‘g‘ilning roziligi bo‘lishi kerak. Ota o‘g‘ilning vakili bo‘lishi uchun o‘g‘il unga vakolat berishi lozim.

Balog‘atga yetgan, masalan 20 yoshli yigitni otasi uning roziligisiz birovga uylantirib qo‘ya olmaydi. Albatta yigitning o‘zidan so‘raladi.

Agar yigit: “Mayli, ota, meni kimga nikohlasangiz, roziman”, deb oldindan vakolat bergan bo‘lsa, unda otasi uning nomidan nikoh qilishi mumkin.

Xuddi shuningdek, qiz ham otasiga: “Meni kimga turmushga bersangiz, roziman”, deb vakolat bergan bo‘lsa, otasi uning nomidan nikoh qilishi mumkin.

Shunda ota ikki tomonning vakili sifatida qiz va o‘g‘ilni bir-biriga nikohlab qo‘yadi va bu guvohlar oldida amalga oshadi.

Ammo agar ular balog‘atga yetgan bo‘lib, o‘z roziliklarini bermagan yoki vakolat bermagan bo‘lsa, faqat otalarning gaplari bilan nikoh bog‘lanmaydi.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Uylanishdan avval qizni necha marta ko‘rsa bo‘ladi?

    April 8, 2026
  • Oila sirlarini dugonalariga aytadigan kelinlarga nasihat qiling.

    April 5, 2026
  • Nikohdan maqsad nima ekani haqida eslatma qilsangiz.

    April 2, 2026
  • Kuyovimning o‘g‘li o‘zining onasi bilan emas, qizim bilan yashashi to‘g‘rimi?

    March 31, 2026
  • Uylana olmayotganim sababi sehr qilingan bo‘lishim mumkinmi?

    February 13, 2026
  • Yosh bolani unashtirish nikoh hukmiga o‘tadimi?

    February 7, 2026