Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Nikoh >Nikohdan maqsad nima ekani haqida eslatma qilsangiz.

Nikohdan maqsad nima ekani haqida eslatma qilsangiz.

Nashr sanasi: April 2, 2026

Savol :

Ustoz, savol-javob darslarida savol beruvchilar ko‘pincha “taloqsan” deb yuborib, keyin yo‘l qidirib yurishadi. Sizdan iltimos, nikoh qilishdan maqsad Allohning buyrug‘i ekanligini, Alloh roziligini istab nikoh qilinishi kerakligini, Allohning ulug‘ Zot ekanligini hisobga olib ish tutish lozimligini eslatib, nasihat qilsangiz.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Nikohning asl maqsadi shahvat emas, balki Alloh roziligi, solih zurriyot va barakali hayot bo‘lib, bunga faqat ixlos, taqvo va Rasululloh ﷺ sunnatlariga ergashish bilan erishiladi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Haqiqatan ham nikohning o‘z maqsadlari bor. Inson nikohning asl maqsadini tushunmagani sababli ko‘p muammolar kelib chiqadi.

Nikohdagi asosiy maqsad — inson o‘ziga umr yo‘ldosh tanlashi, undan solih zurriyot olish, o‘zidan bir nasl qoldirishi, hayotida baraka bo‘lishi va dinida Allohning dinini qoim qilishda yonma-yon yordamchi topishdir.

Shahvat esa — bu qo‘shimcha narsa. Agar inson faqat shahvatni ko‘zlab uylansa, diniga, xulqiga, boshqa jihatlariga e’tibor bermasa, bu shahvat bir-ikki kun ichida o‘tadi va keyin muammolar boshlanadi.

Shundan keyin inson ayblar izlay boshlaydi:
“tozaligi yo‘q ekan”,
“hidi bor ekan”,
“tili yomon ekan”,
“farosati yo‘q ekan”,
“oldingi xotinim yaxshiroq edi” va hokazo.

Aslida esa muammo boshida — nikohdan maqsadni tushunmaganlikda bo‘ladi.

Inson o‘z qizi va singlisiga qanday muomala qilinishini xohlasa, boshqalarning qizi va singlisiga ham shunday muomala qilishi kerak. Shunda hayot joyiga tushadi.

Eng muhimi — Rasululloh ﷺ sunnatlariga ergashish niyati bo‘lishi kerak. Nikohni Allohning dini, Rasulullohning sunnati deb tushunsa, Alloh taolo er-xotin orasiga muhabbat soladi va hayotlariga baraka beradi.

Sunnatga muvofiq yashagan insonning hayotiga Alloh baraka beradi. Hatto moddiy jihatdan imkoniyati kam bo‘lsa ham, Alloh qalblarini bir-biriga rozi qiladi.

Agar hayot taqvo, sabr va iymon ustida qurilsa, Allohning barakasi tushadi. Alloh taolo aytadi:

وَلَوْ أَنَّ أَهْلَ الْقُرَىٰ آمَنُوا وَاتَّقَوْا لَفَتَحْنَا عَلَيْهِم بَرَكَاتٍ مِّنَ السَّمَاءِ وَالْأَرْضِ

Agar qishloq ahli iymon keltirib taqvo qilganlarida edi, Biz ularga osmon va yerdan barakalarni ochib qo‘yardik.

Baraka — bu faqat boylik emas.
Baraka — qalbdagi rozi bo‘lish, tinchlik, totuvlikdir.

Rasululloh ﷺ ga ergashgan inson:

  • qalbida xotirjamlik topadi
  • er-xotin bir-biridan rozi bo‘ladi
  • farzandlar tarbiyasi joyiga tushadi

Buning siri — sunnatga ergashishdir.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Kuyovimning o‘g‘li o‘zining onasi bilan emas, qizim bilan yashashi to‘g‘rimi?

    March 31, 2026
  • Uylana olmayotganim sababi sehr qilingan bo‘lishim mumkinmi?

    February 13, 2026
  • Yosh bolani unashtirish nikoh hukmiga o‘tadimi?

    February 7, 2026
  • O‘zi taloq so‘ragan ayol mahrni ham talab qilishga haqlimi?

    January 28, 2026
  • Yolg‘onchi va qasamxo‘r er bilan yashash haqida.

    January 26, 2026
  • Nikohdan avval alohida yashash sharti bilan tekkan ayolning savoli.

    January 16, 2026