Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Kuyovimning o‘g‘li o‘zining onasi bilan emas, qizim bilan yashashi to‘g‘rimi?

Kuyovimning o‘g‘li o‘zining onasi bilan emas, qizim bilan yashashi to‘g‘rimi?

Nashr sanasi: March 31, 2026

Savol :


Qizimizni turmushga berayotganimizda kuyovimiz birinchi turmushidan ajrashgan edi. Qizimizga sovchilikka kelganida, birinchi ayoli boshqa turmushga chiqib ketgan deb aytishdi.

Ularning bir qizi va bir o‘g‘li bor edi. Qizi onasida, o‘g‘li esa otasida qolgan. O‘g‘liga amakisi qaraydi deyishgan. O‘sha paytda o‘g‘li 12 yoshda, qizi 11 yoshda edi. Aqidasi to‘g‘ri deb, qizimizni unga berdik. Haqiqatan ham o‘g‘lini amakisi va kelinoyisi tarbiyalab kelgan ekan.

Keyinchalik kuyovimiz farzandlarining tarbiyasini o‘ylab, birinchi ayoli bilan yarashdi. O‘g‘li hozir 20 yoshga kirdi, lekin u onasining yonida emas, qizimiznikida yashaydi. Qizimiz “bolalar uchun yarashdingizlar, endi o‘zingiz tarbiya qilib, birga yashanglar” desa, ular bunga rozi bo‘lmayapti.

O‘g‘li qizimni umuman yaxshi ko‘rmaydi va unga itoat ham qilmaydi. Ota-onasi birga yashayotgan bo‘lsa, o‘g‘illarini o‘zlari olishlari kerak emasmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

20 yoshga yetgan bola kim bilan yashashni o‘zi tanlaydi, lekin agar bu holat sizga og‘irlik qilsa, eringizdan bolasini o‘zi olib qarashini talab qilishingiz mumkin.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Savolning asl mohiyati to‘liq tushunarli emas. Ya’ni siz nimani hal qilmoqchisiz — shuni aniqlab olish kerak.

Hozirgi holatda ikkinchi ayol, ya’ni sizning qizingiz, o‘sha bolaga qarayotgan ekan. Endi masala shundaki, bu holat sizga og‘irlik qilayaptimi yoki yo‘q — shu aniqlanishi kerak.

Agar bu sizga qiyinchilik tug‘dirayotgan bo‘lsa, eringizga ochiq aytish mumkin: “Bolangizni o‘zingiz olib, o‘zingiz qarang”, deb.

Agar er va uning birinchi ayoli yana birga yashayotgan bo‘lsa, bu talab ma’lum darajada to‘g‘ri ham bo‘ladi. Chunki ota-onasi birga bo‘lsa, farzand ham ular bilan yashashi tabiiy.

Lekin bu yerda yana bir jihat bor: o‘g‘il 20 yoshda. U balog‘atga yetgan, voyaga yetgan inson hisoblanadi. Endi u kim bilan yashashni o‘zi tanlaydi. Ota-onasi bilan yashaydimi yoki alohida yashaydimi — bu uning ixtiyorida.

Shuning uchun bu masalada majburlashdan ko‘ra, holatni tushunib, nasihat bilan hal qilish kerak. Agar o‘rtada boshqa muammolar bo‘lsa, ularni alohida ko‘rib chiqish lozim.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • “Bir gunohni qilsam, 3 kun ro‘za tutaman” deb qasam ichgan va ro‘zalari yillarga teng bo‘lib ketgan odam nima qiladi?

    April 2, 2026
  • Nikohdan maqsad nima ekani haqida eslatma qilsangiz.

    April 2, 2026
  • Er ayoliga bolani davolatish uchun bergan pulini bolaning boshqa ehtiyojiga sarflasa bo‘ladimi?

    March 30, 2026
  • Bachchabozlikdan tavba qilgan kishiga shar’iy jazo qo‘llanadimi?

    March 30, 2026
  • Johil saxiy Allohga baxil obiddan sevimliroqmi?

    March 28, 2026
  • Firmaga yolg‘ondan odam taklif qilib bonus olish haqida.

    March 28, 2026