Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Qurilishda ishlaydigan ustaning ko‘proq haq olishga oid savoli.

Qurilishda ishlaydigan ustaning ko‘proq haq olishga oid savoli.

Nashr sanasi: March 28, 2026

Savol :

Men ustaman, qurilishda ishlayman. Qilgan ishim uchun haq olaman. Mendan oldin ham o‘rtada pul oladiganlar bor.

Uy egasi bilan ish kelishiladi, keyin ish menga topshiriladi. Men o‘zimga yordamchilar olaman va ularga kunlik ish haqi beraman. Ularni ishga mashinamda olib borib, olib kelaman, yo‘l xarajatlari va boshqa chiqimlarni ham o‘zim to‘layman.

Savolim shuki, o‘zimga ko‘proq pul olib, ularga kunlik haq to‘lashim mumkinmi? Ular usta emas, men ko‘rsatgan ishni qilishadi va ko‘proq ishni o‘zim bajaraman. Shunday bo‘lsa, ularning haqqi menga o‘tib ketmaydimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar siz usta bo‘lib, ishni o‘zingiz kelishib olayotgan bo‘lsangiz, ishning egasi sifatida uni boshqarayotgan bo‘lsangiz, bu joiz.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Agar siz usta bo‘lib, ishni o‘zingiz kelishib olayotgan bo‘lsangiz, ishning egasi sifatida uni boshqarayotgan bo‘lsangiz, bu joiz.

Muhimi, yordamchilar bilan ish boshida aniq kelishib olish kerak. Ularga ochiq aytasiz: ish shunaqa, men ustaman, men faloncha olaman, sizlar kunlik faloncha haq olasizlar. Kim rozi bo‘lsa ishlaydi, rozi bo‘lmasa ishlamaydi.

Ish boshida kelishuv bo‘lsa, keyin muammo bo‘lmaydi. Har kim qancha ish qilishi va qancha haq olishi oldindan ma’lum bo‘lishi kerak.

Hammaning bir xil haq olishi shart emas. Usta bilan yordamchi teng bo‘lmaydi. Ustaning mas’uliyati, tajribasi va qilayotgan ishi boshqacha bo‘ladi.

Shuning uchun siz ko‘proq olishingiz joiz, agar ular bunga rozi bo‘lib ish boshlagan bo‘lsa.

Musulmonlar shartlariga amal qiladi. Agar shart aniq bo‘lsa va taraflar rozi bo‘lsa, bu yerda muammo yo‘q.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Men ilm olmoqchiman, ota-onam esa uylantirmoqchi. Maslahat bering.

    June 3, 2026
  • Tovarga asl narxidan balandroq narx qo‘yib, keyin arzonlatib asl narxiga sotish joizmi?

    May 25, 2026
  • Ziyofat o‘tirishlar va silai rahm tushunchasi.

    May 19, 2026
  • Sug‘urta kompaniyasi foiz olishi mumkin bo‘lgan holatga oid savol.

    May 19, 2026
  • Dropshopping biznes modeli halolmi?

    May 12, 2026
  • Qanday ilmga amal qilish farz?

    May 5, 2026