Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Nikoh >Uylana olmayotganim sababi sehr qilingan bo‘lishim mumkinmi?

Uylana olmayotganim sababi sehr qilingan bo‘lishim mumkinmi?

Nashr sanasi: February 13, 2026

Savol :

Ustoz, yoshim 28 da. Uylanish uchun qiz qidiryapman, ammo ikki yildan beri topa olmayapman. Namoz o‘qishimni eshitib, ko‘pchilik qiz bermayapti. Ota-onam ham siqilib ketishdi. Hatto dadam siqilganidan bir qo‘li ishlamay qoldi.

Nima qilishni bilmay qoldim. Har safar bir qiz bilan unashtirishga yaqinlashsak, nimadir bo‘lib rad javobi berishadi. Bunday holat juda ko‘p bo‘ldi. Ba’zilar: “Sizlarga sehr qilingan, shuning uchun uylana olmayapsiz,” deyishadi. Shunday bo‘lishi mumkinmi?

Yo‘l ko‘rsating, ustoz.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Buni sehr deb qat’iy aytib bo‘lmaydi. Taxmin bilan hukm chiqarilmaydi. Nikoh ham rizqdir. Alloh taolo kimga qachon, qanday rizq berishni O‘zi biladi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Avvalo, buni sehr deb qat’iy aytib bo‘lmaydi. Taxmin bilan hukm chiqarilmaydi. Nikoh ham rizqdir. Alloh taolo kimga qachon, qanday rizq berishni O‘zi biladi.

Siz sabablarni qiling, harakatni to‘xtatmang. Ba’zi odamlar tez uylanadi, hatto bir necha marta uylanib-ajrashib yuradi. Ba’zilar esa sabr bilan kutadi. Bu — taqsimot.

Siz:

  • sabablarni mustahkam tuting,

  • yaxshi tavsiyalar so‘rang,

  • tanish-bilishlar orqali izlang,

  • doirada kengroq harakat qiling,

  • duoni ko‘paytiring.

Sehr masalasiga kelsak — har bir ishni sehrga bog‘lab yuborish to‘g‘ri emas. Ko‘pincha bu oddiy sabablar, ijtimoiy qarashlar yoki moslik masalasi bo‘ladi.

Sabr qiling. Alloh taolo bir eshikni yopsa, boshqasini ochadi. Balki sizga yanada yaxshiroq, yanada solihroq juftni tayyorlayotgandir.

Alloh taolo yo‘lingizni ochsin, qalbingizni xotirjam qilsin va sizni solih, diyonatli juft bilan siylasin.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Ota-onam meni aqidasi buzuq insonga turmushga berishmoqchi…

    August 13, 2026
  • Ikkinchi ayolga uylanayotgan kishi birinchi ayolini sir tutsa bo‘ladimi?

    August 11, 2026
  • Shar’iy nazar qilgandan keyin oila qurish fikridan qaytilsa, buning hukmi qanday?

    July 21, 2026
  • Qiz olib qochish urfiga ko‘ra qilingan nikoh sahih bo‘ladimi?

    July 21, 2026
  • Ota “qizimni berdim” deyishi bilan nikoh bog‘lanadimi?

    June 18, 2026
  • Erta uylanish afzalmi, kech uylanishmi?

    May 5, 2026