Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Namoz >Qo‘shni qishloqda ishlaydigan odam peshin va asrni qasr qilib va jamlab o‘qishi.

Qo‘shni qishloqda ishlaydigan odam peshin va asrni qasr qilib va jamlab o‘qishi.

Nashr sanasi: January 19, 2026

Savol :

Biz yashash joyimizdan uncha uzoq bo‘lmagan begona qishloqqa uydan qatnab ishlaymiz. Qiladigan mehnatimiz og‘ir. Bomdod namozini uyda o‘qib ketamiz, shom payti uyga qaytamiz. Tushlikka odatda 12:30–1:30 oralig‘ida chiqamiz.

Savollarim shuki:

  1. Namozlarni qasr qilib va jamlab o‘qish uchun yashash joyidan qancha uzoqqa borish kerak?
  2. Tushlik paytida peshin va asr namozlarini jamlab o‘qisam bo‘ladimi?
  3. Agar ba’zi sabablarga ko‘ra asr vaqti kirmasdan uyga qaytib kelsak, asr namozini yana to‘liq qilib o‘qishim kerakmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Siz aytayotgan holatda — har kuni ishga borib, kechqurun uyga qaytib kelayotgan bo‘lsangiz — odatda bu musofirlik hisoblanmaydi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Avvalo shuni bilish kerakki, qasr o‘qish ham, namozlarni jamlab o‘qish ham musofirlik holatiga bog‘liq. Ya’ni inson shariatda musofir hisoblanishi kerak.

Siz aytayotgan holatda — har kuni ishga borib, kechqurun uyga qaytib kelayotgan bo‘lsangiz — odatda bu musofirlik hisoblanmaydi. Chunki siz yashash joyingizdan qancha masofaga borayotganingiz aniq aytilmagan, lekin gaplardan ko‘rinib turibdiki, bu joyga borib-kelib yurish mumkin.

Ulamolar musofirlikning eng kam chegarasi haqida gapirib, urfga (odatiy mezonga) qarashni aytishgan. Masalan, agar bir odam piyoda yo‘lga chiqsa, ertalab chiqib ketib, kechqurun uyiga qayta olmaydigan masofa bo‘lsa — ana shunda musofirlik boshlanadi. Agar piyoda chiqib, ishini bitirib, kechga borib yana uyiga qayta olsa, u musofir hisoblanmaydi.

Shu sababli ulamolar bu masofani taxminan 16–25 km atrofida deb aytishgan. Ya’ni bir kunda qaytib kelish qiyin bo‘ladigan masofa. Musofirlik shundan boshlanadi: yo‘lda qolish ehtimoli bo‘ladi, tunashga joy kerak bo‘ladi, noqulayliklar yuzaga chiqadi.

Siz hozir aytayotgan ishga borib-kelish esa, menimcha, bunday masofaga to‘g‘ri kelmaydi. Shuning uchun sizga qasr o‘qish mutlaqo to‘g‘ri bo‘lmaydi, jamlab o‘qish ham safar sababli joiz bo‘lmaydi.

Jamlab o‘qish masalasiga kelsak:
Ba’zi zarurat va ehtiyoj holatlarida (masalan, kuchli yomg‘ir, qattiq sovuq, kasallik, katta mashaqat bo‘lsa) peshin–asrni yoki shom–xuftonni jamlab o‘qishga ruxsat berilgan. Ammo bu vaqtinchalik ehtiyoj uchundir.

Agar sizning holatingiz doimiy bo‘lsa — ya’ni ish sharoiti yillar davomida shunday bo‘lsa — unda namozlarni doimiy ravishda jamlab o‘qish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Bu sunnatning to‘g‘ri tatbiqi hisoblanmaydi.

Siz hozir bomdod namozini uyda o‘qib ketayapsiz. Peshin namozini ish joyida o‘qish mumkin. Asr namozi uchun ham ko‘pi bilan 5–10 daqiqa vaqt ketadi. Har qancha ish bo‘lmasin, hojatga chiqish uchun ham kamida shuncha vaqt ajratiladi. Namoz uchun ham shuncha vaqt ajratish mumkin.

Xo‘jayinga yoki mas’ul shaxsga:

“Men musulmonman, namozimni vaqtida o‘qishim kerak”,
deb aytsangiz, inshaAlloh, qarshilik bo‘lmaydi. Alloh taolo bandaning niyatini ko‘rib, qalblarni ochadi va yordam beradi.

Alloh subḥanahu va ta‘ala namoz haqida shunday degan:

إِنَّ ٱلصَّلَوٰةَ كَانَتْ عَلَى ٱلْمُؤْمِنِينَ كِتَـٰبًۭا مَّوْقُوتًۭا

“Albatta, namoz mo`minlarga vaqtida farz qilingandir.”
Niso surasi, 103-oyat

Shuning uchun namozlarni vaqtida o‘qish asl qoidadir. Jamlab o‘qish faqat vaqti-vaqti bilan, zarurat bo‘lganda bo‘ladi. Ammo doimiy ravishda jamlab o‘qish to‘g‘ri emas. Bunday holatda namozlarni vaqtiga moslab o‘qish uchun sharoitni to‘g‘rilash kerak bo‘ladi.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Qiz bola necha yoshdan namoz boshlaydi?

    February 7, 2026
  • O‘limdan avval kasallik sababli 3-4 kun o‘qilmay qolgan namozlar hukmi.

    February 3, 2026
  • Namozda farzdan keyin salom berdimmi-yo‘qmi deb ikkilansa, nima qiladi?

    January 31, 2026
  • Peshinning sunnatini 2 rakaatdan o‘qish kerakmi?

    January 28, 2026
  • Masjidga chiqayotgan kishilarning soqolini olishga majburlashyapti…

    January 26, 2026
  • Narkoz sababli o‘rnidan turolmay qolgan va xotirasini yo‘qotgan kishi qanday namoz o‘qiydi?

    January 24, 2026